Xitoy kompaniyasi Kosonsoyda dori vositalari işlab çiqarişni yölga qöyişi mumkin. Bu haqda Namangan viloyati hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinişiça, Namangan viloyati hokimi Şavkatjon Abdurazzoqov Xitoyning Tayçjou şahridagi Hua Hai Pharmaceutical korporatsiyasi faoliyati bilan tanişgan.

Uşbu korporatsiya 1966 yilda taşkil etilgan bölib, hozirda 8 mingdan ortiq işçi mehnat qiladi. Qon-bosim, yurak-tomir hamda qandli diabet kabi kasalliklarga qarşi dori vositalari işlab çiqaradi. Korporatsiya öz mahsulotlarini 2012 yilda AQŞ bozoriga eksport qilgan birinçi Xitoy kompaniyasi hisoblanadi.

Kompaniya rahbari bilan muzokara olib borgan Şavkatjon Abdurazzoqov Kosonsoy tumanidagi farmatsevtikaga ixtisoslaşgan kiçik sanoat zonasida dori vositalari işlab çiqariş loyihasini amalga oşiriş yuzasidan taklif berdi. Buning uçun viloyatda barça şaroit va imkoniyatlar yaratib berilişini takidlab ötgan.
Qayd etilişiça, Xitoylik işbilarmonlar mazkur taklifga katta qiziqiş bildirgan hamda bu yuzasidan alohida loyiha işlab çiqiş böyiça kelişib olingan.

















