Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xabariga köra, departament hamda DXXning Andijon viloyati boşqarmalari tomonidan hamkorlikda tezkor tadbir ötkazilgan.
Unda, qonunga xilof ravişda dori vositalari savdosi bilan şuğullanib kelgan fuqaro A.B. tegişli hujjatlari bölmagan 30 quti “Elflok 100 ml” nomli dori vositasini Jalaquduq tumanidagi “Z.F.” MÇJga qaraşli dorixonaga ötkaziş uçun olib kelgan vaqtida uşlanib, uning boşqaruvidagi avtotransport vositasi va yaşaş xonadonidan sotiş maqsadida saqlab kelingan umumiy bahosi 172,2 mln sömlik hujjatsiz dori vositalari aşyoviy dalil sifatida olingan
Şu kabi, departamentning Angor tuman bölimi viloyat IIB xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda fuqaro G.M. fuqaro M.X.ga tarkibida kuçli ta’sir qiluvçi moddalari mavjud bölgan 8 quti (288 kapsula) “Reduksin layt” va 8 quti Detox Tea nomli dori vositalarini 4,5 mln sömga sotgan vaqtida uşlanib, uşbu dori vositalari aşyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.








