Joriy yil 27-31 may kunlari Jahon banki missiyasining taşrifi doirasida Özbekiston Markaziy banki ilk bor xorijiy davlat qimmatli qoğozlariga investitsiya kiritdi. Bu haqda Markaziy bank axborot xizmati xabar berdi.

«Missiya davomida xalqaro zaxiralarni boşqarişda diversifikatsiyaning ahamiyati, jumladan, xorijiy davlatlar qimmatli qoğozlarni zaxiralar tarkibiga kiritiş, xatarlarni baholaş hamda Markaziy bankning tegişli tarkibiy bölinmalari iş jarayonini samarali taşkil etiş böyiça maxsus treninglar ötkazildi. Xususan, qimmatli qoğozlarga investitsiya kiritişda risklarni boşqariş, savdo va hisob-kitob amaliyotlarini ötkaziş, buxgalteriya hisobi va komplayens-nazoratni amalga oşiriş masalalari yuzasidan malaka oşirildi.

Şu bilan birga, mamlakatimiz tarixida ilk bor Markaziy bank zaxiralarini diversifikatsiya qiliş maqsadida qimmatli qoğozlarga birlamçi investitsiya kiritiş amaliyotlari ötkazildi hamda tegişli portfellar şakllantirildi», deyiladi regulyator xabarida.

Missiya yakunida Jahon banki ğaznaçiligi ekspertlarining xalqaro zaxiralarni boşqariş va tegişli tarkibiy bölinmalar faoliyatini takomillaştiriş böyiça tavsiyalari olingan. Şuningdek, zaxiralar tarkibiga yangi moliyaviy instrumentlarni kiritişni davom ettiriş va Markaziy bank xodimlari malakasini oşirişga doir kelgusida amalga oşiriladigan işlar yuzasidan kelişuvga erişilgan.

Iqtisodçi Otabek Bakirovning yozişiça, bu çindanam tarixiy va jiddiy qadam. Regulyator şu paytga qadar oltin-valuta zaxiralarining 80 foizini oltinda va qolganini valutada saqlab kelgan.

«Bu çindanam tarixiy va jiddiy qadam. Yangi davrda oltin-valuta zaxiralarining tarkibida oltin uluşini kamaytiriş masalasi 2019 yildan buyon kötarib kelinadi. Bunday rejalar haqida juda köp gapirilgan. Hatto 2 yil avval Markaziy bank raisi oltin-valuta zaxiralarini boşqariş strategiyasini özgartiriş boşlanganini ma’lum qilgandi. Lekin oltinning bir qismi örniga qimmatli qoğozlar sotib oliş xohişlari şu paytgaça amalga köçmagan. Oltin kotirovkalarining uzluksiz ösişi fonida 2022 yilning oxiriga kelib oltin uluşini kamaytiriş örniga bondlar sotib oliş rejalaridan voz keçilgani e’lon qilingandi. Keçagi uçraşuv va oçiqlama xabardan körinadiki, Markaziy bank oltin özining tarixiy maksimumlariga yetgani va kotirovkalar buyoğiga pasayiş tendensiyasiga ega bölişi mumkinligini inobatga ola boşlagan», deya ta’kidladi Otabek Bakirov.