Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qoraqalpog‘istonda Cobalt pastlikka ag‘darilib ketdi
Katta tezlikda harakatlangan Cobalt yo‘l chetiga chiqib ketib ag‘darilgan, haydovchi halok bo‘lgan.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida haydovchi halok bo‘lgan. Bu haqda respublika IIV axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, 31 yoshli haydovchi Cobalt mashinasi bilan To‘rtko‘l tumanidan o‘tuvchi 4R-182 avtomobil yo‘lida katta tezlikda harakatlanayotib, boshqaruvni yo‘qotgan.
Shunda mashina yo‘l chetiga chiqib ketib pastlikka ag‘darilib ketgan. Oqibatda, haydovchi og‘ir tan jarohatlari olib, voqea joyida vafot etgan.
Qayd etilishicha, hodisa yuzasidan To‘rtko‘l tumani IIB tergov bo‘limi tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
10:56 / 11.07.2026
O‘zbekistonlik haydovchi Amerikada oqibati o‘lim bilan tugagan YTH sodir etdi
12:35 / 08.07.2026
Lacetti ikkiga bo‘linib ketgan avariya oqibatida ikki kishi halok bo‘lgan
10:58 / 08.07.2026
Toshkentda Lacetti chiroq ustuniga borib urildi
10:44 / 07.07.2026