Qozog‘istonga ishga boruvchi o‘zbekistonliklar ogohlantirildi
Qo‘shni davlatda noqonuniy migratsiyaga qarshi reydlar boshlangani aytilmoqda.

Foto: Getty Images
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Qozog‘istonga borayotgan va qo‘shni davlatda bo‘lib turgan o‘zbekistonliklarga ogohlantirish bilan chiqdi.
Unda aytilishicha, joriy yil 3 iyun kunidan boshlab, Qozog‘istonning barcha hududlarida migratsiya sohasida huquqbuzarlikni aniqlash maqsadida “Nelegal-2024” reyd tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Ushbu reyd tadbirlarida Qozog‘iston hududida qonuniy bo‘lib turish va qonuniy mehnat migratsiyasi tartibini buzgan chet el fuqarolariga nisbatan tegishli choralar ko‘rilmoqda.
Shu munosabat bilan Qozog‘istonga borayotgan va bu davlatda bo‘lib turgan o‘zbekistonliklardan migratsiya qoidalariga rioya qilish so‘ralmoqda.
“Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston fuqarolari Qozog‘iston hududida 30 kun muddatgacha bo‘lib turishi mumkin, ammo ushbu davr mobaynida mehnat faoliyatini amalga oshirishi taqiqlanadi. Bundan tashqari, ishlash uchun ushbu davlatga borgan shaxsdan darhol ishlash uchun va vaqtincha yashash uchun ruxsatnoma olish talab etiladi”, deyiladi agentlik xabarida.
Mavzuga oid

12:06 / 02.03.2025
Qozog‘istonda ichida o‘zbekistonliklar bo‘lgan avtobus YTHga uchradi

18:14 / 28.02.2025
Nukusdan Qozog‘istonga yangi poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

21:03 / 27.02.2025
Qozog‘iston benzin va dizel yonilg‘isi eksportiga qo‘yilgan taqiqni uzaytiradi

17:32 / 25.02.2025