Investitsiyalar vaziriga o‘rinbosarlar tayinlandi
Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan Shohrux G‘ulomov va Akram Aliyev investitsiyalar, sanoat va savdo vaziriga o‘rinbosar vazifasini bajaruvchilar etib tayinlandi. Bu haqda bosh vazir matbuot kotibi Behzod Hidoyatov ma’lum qildi.
Shohrux Hasanovich G‘ulomov (1990 yilda tug‘ilgan) tayinlovga qadar mazkur vazirlikning xalqaro hamkorlik departamenti boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan. U, shuningdek, MDH Iqtisodiy kengashi huzuridagi Iqtisodiy masalalar bo‘yicha komissiyada O‘zbekistonning vakolatli vakili sifatida ham ishlagan.
Akram Zairovich Aliyev (1991 yilda tug‘ilgan) esa vazirlik departamenti direktori lavozimida ishlagan.
Ular vakant turgan vazir o‘rinbosarlari lavozimlarini egallagan.
Mavzuga oid
16:31 / 04.11.2024
O‘zbekistonning Indoneziyadagi yangi elchisi tayinlandi
15:44 / 01.11.2024
Andijon viloyati hokimi o‘rinbosari qamoqqa olindi
18:28 / 30.10.2024
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziriga yangi birinchi o‘rinbosar tayinlandi
18:32 / 28.10.2024