Koinotdan Yerning eng mashhur fotosuratlaridan birini olgan astronavt halok bo‘ldi
Uilyam Andersning samolyoti Vashington shtatidagi San-Xuan orollari yaqinida suvga quladi.
1968 yilda «Apollon-8» missiyasi doirasida Oyga parvoz qilgan va «Yerning chiqishi» (Earthrise) fotosuratini olgan amerikalik astronavt Uilyam Anders o‘zi boshqarayotgan samolyot halokati oqibatida 90 yoshida vafot etdi. Bu haqda AP xabar berdi.
Uning o‘g‘li Greg Anders astronavtning o‘limi haqidagi ma’lumotni tasdiqladi va otasining jasadi 7 iyun kuni tushdan keyin topilganini qo‘shimcha qildi. «Oilamiz judolikka uchradi. U ajoyib uchuvchi edi va biz uni sog‘inamiz», dedi Greg Anders.
1968 yilda Anders Oyga yetib borgan birinchi ekipajli «Apollon-8» missiyasi oy moduli uchuvchisi edi. Ushbu missiya davomida Anders Oyda turib «Yerning chiqishi» suratini oldi. AP uni zamonaviy tarixdagi eng muhim fotosuratlardan biri deb hisoblaydi, chunki u odamlarning sayyora haqidagi fikrlarini o‘zgartirgan. «Ushbu surat Yerning koinotdan qanchalik nozik va yolg‘iz ko‘rinishi ko‘rsatib, global ekologik harakatga turtki berdi», deb hisoblamoqda agentlik.
Andersning o‘zi bu fotosuratni kosmik dasturga qo‘shgan eng muhim hissasi deb atagan.
Mavzuga oid
10:05
Trampning qaytishi: Ukraina masalasida AQSh va Yevropaning pozitsiyasi bo‘linadimi?
21:19 / 16.11.2024
Tramp Oq uy tarixidagi eng yosh matbuot kotibini tayinladi
15:52 / 16.11.2024
Amerikalik olimlar bioorganizmlarning “uchinchi holati”ni aniqladi
15:12 / 16.11.2024