17:12 / 08.06.2024
4244

Surxondaryoda sodir bo‘lgan YTHda “Nexia” yonib ketdi

Nexia haydovchisi qayrilib olish chog‘ida o‘zi bilan bir yo‘nalishda kelayotgan “Nexia-2”ning yo‘liga chiqib ketgan.

Foto: IIB YHXB

Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanida sodir bo‘lgan YTHda “Nexia” mashinasi yonib ketgan. Viloyat IIB YHXB axborot xizmatining xabar berishicha, hodisa 7 iyun kuni sodir bo‘lgan.

29 yoshli haydovchi “Nexia” mashinasi bilan qayrilib olayotib o‘zi bilan bir yo‘nalishda kelayotgan 23 yoshli haydovchi boshqaruvidagi “Nexia-2”ning yo‘liga chiqib ketib, u bilan to‘qnashgan.

Oqibatda “Nexia-2” mashinasida yong‘in yuzaga kelgan. Olib borilgan tezkor choralar natijasida yong‘in bartaraf etilgan va hodisa rasmiylashtirilgan.

Qayd etilishicha, hodisada har ikki mashinada bo‘lganlardan hech kim jarohatlanmagan va halok bo‘lmagan. Yonib ketgan “Nexia-2” jiddiy shikastlangan.

Mavzuga oid
Top