01:44 / 09.06.2024
10839

Telegram messenjerida global uzilish yuz berdi

Foto: Kun.uz

8 iyun, shanba kuni Toshkent vaqti bilan taxminan soat 23:30dan keyin Telegram messenjerida uzilishlar yuz bera boshladi. Messenjerning mobil va veb-versiyalari ishlamay qolib, kanalllar, guruhlar va shaxsiy yozishmalarda muammo kuzatildi. Taxminan 1,5 soatlik uzilishlardan so‘ng messenjer faoliyati soat 00:58da qaytadan tiklandi.

Downdetector internet servisi Telegram messenjerining O‘zbekiston, Qozog‘iston, Eron, Rossiya, Ukraina, AQSh va boshqa mamlakatlarda ishlamay qolganini qayd etgan. 

Telegram messenjerida yuz bergan global uzilishlar

Telegram’ning rasmiy sahifalari hozircha yuzaga kelgan uzilishlar haqida rasmiy bayonot bermadi.

Top