Fransiyada qonunçilik bilan boğliq muammolarga duç kelgan Telegram asosçisi Pavel Durov messenjerda moderatsiyani yaxşilaşga va’da berdi. 6 sentabr, juma kuni Telegram’da e’lon qilgan postida Durov bu yil messenjerda moderatsiyani «tanqid maydonidan maqtov maydoniga» ötkaziş niyatida ekanini bildirdi. 

«Telegram foydalanuvçilarining 99,999 foizi jinoyatga aloqasi yöq, biroq 0,001 foiz noqonuniy faoliyat bilan şuğullangani uçun butun platformaga yomon imidj yaratadi va deyarli milliard foydalanuvçimizning manfaatlarini xavf ostiga qöyadi», — dedi Durov.

«Yaqin atrofdagi odamlar» funksiyasi olib taşlanişi 

Uning sözlariga köra, Telegram’da endi «Yaqindagi atrofdagi odamlar» (People Nearby) funksiyasi bölmaydi. Uning sözlariga köra, bunday qaror Telegram foydalanuvçilarining 0,1 foizdan kamroği uşbu funksiyadan foydalangani, biroq ayni paytda «botlar va firibgarlar bilan boğliq muammolarga duç kelgani» sababli qabul qilingan. 

«Yaqin atrofdagi odamlar» funksiyasi yaqinroqdagi foydalanuvçilar va mahalliy guruhlarni qidiriş imkonini bergan. Foydalanuvçilar u avgust oyi oxirida işlamay qolgani haqida xabar qildi.

Bunday xabarlar Pavel Durovning Fransiyada hibsga olinişi fonida paydo böldi, u yerda unga uyuşgan jinoyatçilikka aloqador bir qança, jumladan, rasmiylar bilan hamkorlik qilişdan boş tortiş, giyohvand moddalar va bolalar pornografiyasini tarqatiş ayblovlari qöyildi.

«Yaqin atrofdagi biznes» 

Durovning sözlariga köra, «Yaqin atrofdagi odamlar» funksiyasi örniga «Yaqin atrofdagi biznes» funksiyasi işga tuşiriladi, unda qonuniy, tasdiqlangan kompaniyalar iştirok etadi. «Uşbu kompaniyalar mahsulot kataloglarini namoyiş qilişlari va tölovlarni muammosiz qabul qilişlari mumkin», deyiladi postda.

Pavel Durov, şuningdek, messenjer ma’muriyati Telegraph’ga yangi media-fayllarni yuklaşni öçirib qöyganini, «anonim şaxslar undan boşqa maqsadlarda foydalanayotganini» ma’lum qildi.