Telegram asosçisi Pavel Durov Fransiyada 96 soatni hibsda ötkazdi, uning uşlanişi messenjerdan foydalanuvçi davlatlarda boş yangilik böliş bilan birga Fransiyada katta siyosiy mojaroga aylandi — Durovning işi dunyo miqyosida davlat va internetning munosabatlarida buriliş yasovçi onga aylanişi mumkin.
Parijda uşlanib qolgan
Le Burjye aeroportida uşlanganidan bir hafta ötib, sud nazorati ostida ozod qilinganidan söng Durov işida javoblardan köra köproq savollar paydo böldi. Nega Telegram asosçisi aynan huquqni muhofaza qiluvçi organlarning unga nisbatan e’tirozi bölgan Parijga uçgan? Libertarian va hukumatlar bilan hamkorlikdan qoçuvçi Durovni u bir neça bor uçraşgan Emmanuel Makron bilan qanday munosabatlar boğlaydi? Nega u qölga olinganida Makronga yaqin milliarder bilan boğlanişni söragan? Nihoyat, Fransiya hokimiyati Telegramʼdan özi nima istayapti?
Bu savollarning birinçisiga Telegram asosçisining tanişlaridan biri şunday javob bergan: agar u order va tintuv haqida oldindan bilganida Parijga bormagan bölardi. Sönggi yillarda u har yoz Fransiyaga uçgan, çunki şu yerda vaqtiçoğlik qilişni yoqtirgan. Bu yil ham istisno bölmagan: MDH davlatlari böylab dam oliş turnesidan söng, u özining törtinçi fuqarolik davlatiga borişni istab qolgan.
Keyin bölgan hodisalar Durovning özi uçun ham, uning şeriklari uçun ham mutlaqo kutilmagan hol bölgan. «Şunday taassurot borki, bu aniq bir kimningdir çuqur öylab körilmagan topşiriği va bu bötqaga aylanib ketdi, endi bu bötqani umuman boşqa darajada tanovul qilişga töğri keladi», — degan tadbirkorning tanişlaridan biri. Voqea çindan ham katta şov-şuv keltirib çiqardi. Emmanuel Makron ikki marta özini oqlaşiga töğri keldi: unga 2021 yilda Durovga fuqarolik beriş uçun tuşunarsiz asoslarni va bu voqeagaça bir neça bor u bilan maxfiy uçraşganini eslatib qöyişdi.
Politico naşri yozganidek, işni öt oldirgan narsa Telegram bolalardan şahvoniy ekspluatatsiyada foydalaniş işlari böyiça fransuz politsiyasining sörovlarini bee’tibor qoldirgani bölgan. Yaşirin operatsiya davomida voyaga yetmagan qizlarning intim fotolarini qölga kiritib, söng ularni oşkor qiliş bilan şantaj qilgan gumondor uşlangan. Keyinroq tergov davomida u voyaga yetmagan bolaga jinsiy tajovuz qilib, uni ham şantaj qilganini tan olgan.
Bu iş böyiça Pavel Durovni tintuv qiliş töğrisida order 2024 yil martida yozilgan, bundan taşqari, uning akasi Nikolay ham qidiruvga berilgan. U platformaning asosiy algoritmlari yaratuvçisi va mohiyatan Telegramʼdagi ikkinçi şaxs hisoblanadi. Nikolay Durov omma orasida köriniş bermaydigan inson, u qayerdaligi aniq emas.
«Durov bunday xatlarga javob yozmaslik holatini osongina tasavvur qila olaman, — degan kompaniya işi bilan taniş bölgan hamsuhbatlardan biri. — U ma’lumotlar va yozişmalar töğrisidagi qolgan xatlarni ham xuddi şu kabi e’tiborsiz qoldiradi».
Nafaqat Fransiya
Durovning Fransiyada uşlanişi platformaga nisbatan maxsus xizmatlari qölidan iş kelmayotganini tan olgan boşqa davlatlarning ham e’tirozlari tölqinini keltirib çiqardi. Natijada hafta içida:
- Germaniyada Telegram hokimiyat bilan yetarli tarzda hamkorlik qilmayotganini eslatib qöyişdi. Konstitutsiyani himoya qiliş böyiça federal idora boşliği örinbosari Zinan Zelen boşqa platformalar davlatning sörovlariga tezda va işonçli reaksiya bildirişini aytib, faqat Telegram bilan «heç qanday axborot almaşinuvi yöqligi»ni bildirgan.
- Telegram avgust oyida foydalanuvçilarning aniq sonini taqdim etmagan Yevropa Ittifoqining birlaşgan tadqiqot markazi platformaning YeIdagi auditoriyasi böyiça suriştiruv boşlagan. Qonunga köra, oyiga 45 milliondan ortiq foydalanuvçisi bölgan platformalarga moderatsiyaning qat’iyroq talablari qöyiladi. Telegramʼning özi hozirça Yevropada 41 mln foydalanuvçisi borligini ma’lum qilgan.
- Janubiy Koreya Telegramʼdan messenjerda tobora keng tarqalayotgan pornofeyklar böyiça savollarga javob talab qilgan. Hukmron partiya Telegram bilan hamkorlikdagi boş muammoni kompaniya serverlari xorijda joylaşgani bilan boğlagan.
- Indoneziya esa pornokontent moderatsiyasi va qimor öyinlarini ilgari suriş bilan boğliq muammolar tufayli Telegramʼni bloklaş bilan ogohlantirgan.
Xullas, platformaga umumiy e’tirozlar — yetarli tarzda moderatsiya yöqligi va jinoyatlarni suriştirişda hukumatlar bilan hamkorlik qilişdan boş tortişdir. Nahotki Telegram uşbu talablarni bajarişga ojiz bölsa?
Moderatsiyaning uç bosqiçi
Telegramʼda atigi 50 kişi işlaydi. Ularning 30 nafari işlanmalar bilan şuğullanuvçilar. Bu haqda şu yil bahorida Pavel Durovning özi Taker Karlsonga bergan intervyusida maqtangan. Kompaniyada barça yirik bizneslarga xos bölgan HR va boşqa bölimlar yöq. «Men hanuz köplab funksiyalarni özim işlab çiqaman va bu funksiyalarni joriy etuvçi har bir injyener, dizayner bilan töğridan töğri özim gaplaşaman. Men yagona prodakt-menejerman, çunki aynan şu yöl bilan rivojlanişga yordam bera olaman, deb hisoblayman», — deya işonç bilan tuşuntirgan Durov, Telegramʼni şişirilgan ştatlar va samarasiz jarayonlarga töla kompaniyalarga soliştirib.
Bu iqrordan kelib çiqadiki, Telegramʼda moderatsiya bilan ham heç qaçon köp odam şuğullanmagan. Avtomatlaştiriş mumkin bölgan narsalarning barçasi avtomatlaştirilgan, — deya vaziyatni tuşuntirgan kompaniya işi bilan taniş The Bell suhbatdoşi.
Telegramʼda kontent ustidan heç qanday nazorat yöq deb ham bölmaydi. «Platformada uç darajali moderatsiya bor. Birinçisi — çat va hamjamiyatlarda, bu yerda u taşqi yeçimlar ixtiyoriga topşirib qöyilgan», — deydi Combot moderatsion servisi asoçisi Fyodor Skuratov. Bunday servislardan administratorlar öz çatlari va kanallaridagi moderatsiyani sozlaşda foydalanişadi.
Ikkinçi daraja — bu şikoyatlar tizimi. Har qanday foydalanuvçi «Report» tugmasini bosib, öğirlangan, tahdid yoki zöravonlikka yöğrilgan, pornografiya yoki bolalar uçun zararli kontent mavjudligini bildirib, istalgan ommaviy post ustidan şikoyat qilişi mumkin. Bu şikoyatlar moderatsiyasi bilan taşqi pudratçilar şuğullanişadi, aslo Telegramʼning ştatdagi xodimlari emas, deydi Skuratov. Ular qançaligi va qayerdaligi esa — noma’lum.
Uçinçi daraja — bu asosan spamlarni va platformada inson uçun xos bölmagan şubhali harakat qiluvçi boşqa patternlarni tutib oluvçi algoritmlar. Ular birinçi navbatda özaro yozişmalardagi spamlarga qarşi kuraşişi kerak. Avtomatlaşgan moderatsiyani guruhli çatlarda ham sozlaş mumkin, deydi Skuratov. Lekin unda aldamçi işlab ketişlar köp va u oldindan aytib bölmaydigan holda işlaydi — şu sababli çatlardan juda kam foydalaniladi. Biroq xuddi şu algoritmlar akkauntlarni öğirlaşga qarşi kuraşda yordam beradi. Şubhali kirişdan söng bloklab, ular öğirlangan akkaunt orqali foydalanuvçi yuborgan sönggi şaxsiy yozişmalar va guruhdagi jönatmalarni öçiradi va bu bilan qurbonning tanişlari firibgarlar tuzoğiga tuşib qolişiga xalaqit beradi.
Har qanday platformada ikki yöl bor, deydi The Bellʼning boşqa bir suhbatdoşi. Xuddi Meta kabi har bir aksiriş uçun bloklaydigan platforma böliş mumkin yoki Telegram kabi heç narsani senzura qilmaslik kerak, deb hisoblaş mumkin.
«Durov odamlar Telegramʼdagi şaxsiy yozişmalarida bir-biriga nima yozayotganiga umuman aralaşmaslik kerak, deb işonadi», — deya tadbirkorning mantiğini tuşuntiradi uning tanişlaridan biri. «Agar men Durov kimningdir şaxsiy yozişmalarini kuzatişni öziga lozim deb topadi, deb öylaganimda men heç qaçon Telegramʼdan foydalanmasdim», — deydi boşqasi.
Durov agar bu heç kimga xalaqit bermayotgan bölsa, turaversin, degan prinsipni himoya qilgan. «Masalan, porno omma uçun oçiq çat va kanallarda e’lon qilinmasa, turaversin degan», — deya tasdiqlaydi Skuratov. Telegramʼda moderatsiyaning çöqqisiga eng avvalo foydalanuvçining komforti joylaştirilgan — unga yoqimsiz xabarlar yozmasliklari uçun. Biroq foydalanuvçining özi Telegramʼda nimadir topib olişi uçun mohiyatan heç qanday çeklovlar yöq, deydi Skuratov.
Telegram tarixan moderatsiyaning maksimal avtomatlaştirilgan usullaridan foydalanişni taklif etişi uçun sabablardan yana biri — ştatni kengaytirmaslik: çunki bu loyihani kiçik jamoaning barça afzalliklaridan mosuvo etadi, şuningdek, xavfsizlikka ham tahdiddir. «Masalan, inson moderatorlarni yollaş — bu bir tomonga çipta xarid qilişdir. Ular heç qaçon yetarli bölmaydi. Bu yana ma’lumot sizdirişlar xavfini oşiradi: ma’lumotlarga ulaniş imkoniga ega insonlar qança köpaysa, bu xavfsizlik uçun şu qadar yomon», — deydi Skuratov.
Ehtimol, Telegram endi paydo bölgan paytlarda bu yondaşuv iş bergandir. Biroq, muammo şundaki, juda tez kötarilişi natijasida platforma hattoki şunday qoidalar töplamiga ham rioya etolmay qoldi va spetsifik kontent Telegramʼning omma uçun oçiq qismiga ham sizib öta boşladi. Pirovard natijada insonlar va pul yetişmovçiligi tufayli Telegram şunçaki ulgura olmay qoldi, deydi Combot asosçisi.
Xufiyona biznes uçun marketpleys
Boşqa bir muhim şart-şaroit ham bor. Deyarli eng boşidan Telegram nafaqat messenjer, ijtimoiy tarmoq yo blog-platforma, şuningdek, marketpleys sifatida rivojlanişni oldiga maqsad qilgan. 2015 yilga keliboq platformada botlar yasaş imkoniyati taqdim etildi va Telegramʼga ular bilan turli-tuman «sotuvçilar» kirib keldi.
Telegram mini-ilovalar — öşa botlarni yaratiş imkoniyatini taqdim etgan ilk platforma böldi, — deydi The Bell bilan suhbatda Yevgeniy Antipov. Bu ham juda qulaylik yaratdi, çunki Apple va Google dökonlaridan farqli ölaroq Telegramʼda heç qanday moderatsiya yöq edi, demak işlab çiquvçilar öz mini-ilovalarini qat’iy tekşiruvdan ötkazmasdan çiqaraverişlari mumkin böldi. Mohiyatan, Telegramʼdagi botlar uçun qoidalar çatlar uçun qoidalar singari edi. «Agar Telegram öz botlar marketini taşkillaştirganida, u e’lon qilinişidan avval moderatsiyani joriy qilişi kerak edi. Lekin bunday bölmadi, binobarin heç qanday moderatsiya ham bölişi mumkin emasdi», — deydi Antipov.
Bu işlab çiquvçilar uçun tösiqni olib taşladi va Telegramʼga köplab turli-tuman bizneslar kirib kelişi uçun zamin yaratdi, deydi Antipov. Telegramʼning rusiyzabon segmentida köplab sizdirilgan ma’lumotlar bazasi böyiça qidiruv olib boruvçi botlar paydo böldi. «Biz Telegramʼda 2016-yillarda muqim örnaşib oldik», — deya bu sözlarni tasdiqlaydi The Bellʼning ma’lumotlar bozorida işlovçi suhbatdoşi. «Biznes uçun Telegramʼning xufiyona zonasida iş olib boriş juda qulay, boz ustiga u yerda hamma ötiradi — xizmatlarni mijoz bor joyda sotiş ham qulay. Ham anonim», — deydi u. Bunday bizneslarda sotuv uçun kanallar yaratiş, u yerga prayslarni joylaştirib, blokirovka va boşqa taşkiliy masalalarni tuşuntiriş imkoniyati ham qulay böldi, deb fikrini davom ettirdi u.
Monetizatsiya asiri
«Bu bizning DNKmizda: heç qanday ommaviy sotuvlar, heç qanday reklama va heç qanday investor pullari», — deb yozgan edi Telegram akkauntining administratori messenjer işga tuşirilganidan bir yil ötib, 2014 yilda Twitterʼda. Dastlabki paytlarda Durov yangi kompaniyasini öz pullari bilan ta’minlagan («V Kontakte»ning sotilişidan u 400 mln dollar işlab olgan edi). 2015 yilga kelib, messenjer 60 mln foydalanuvçi töplaganda u oyiga bir million dollardan sarflay boşlagan. 2020 yilga kelib, auditoriya 500 milliongaça ösganidan söng Durovning tan olişiça, Telegramʼni saqlab turiş uçun yiliga yuzlab million dollar sarflana boşlagan. Hozir Telegramʼning özi ta’kidlaşiça, messenjerning faol foydalanuvçilari soni milliardga yaqinlaşmoqda.
Monetizatsiya rejasini Durov kamida olti yildan buyon öylab yuribdi. 2018 yilda u markazlaşmagan blokçeyn-platforma — zamonaviy internet örnini bosadigan, öz brauzeri, servislari va muqobil tölov kriptotizimiga ega, markaziy banklar va hukumatlar nazoratga ololmaydigan TON loyihasiga pul tikdi. Buni yaratiş uçun pulni investorlardan öşa paytda urfga kirgan ICO jarayoni orqali jalb qilişga qaror qildi. Bitimga köra, blokçeyn işga tuşirilgaç, investorlar uning Gram kriptovalutasini olişi lozim edi, u Telegram içki ekotizimida işlatilişi tufayli qadri oşib borar va şu yöl bilan investorlar tikkan pullarini ortiği bilan çiqarib olişardi. Investorlarga Telegram sarmoyalarini ön karra fenomenal oqlaşini va’da qilgandi. 2018 yil boşida potensial xaridorlardan biriga kiritilgan summa 10-50 barobar bölib qaytişini şama qilişgan, deyilgan keyinçalik Telegramʼning AQŞ qimmatbaho qoğozlar va birjalar böyiça komissiyasi (SEC) bilan sudlaşuv materialida. Istiqbolli kriptovaluta sifatida bu davrda Gram marketingi bilan Durovning şaxsan özi şuğullangan.
Ajiotaj juda katta böldi, daho Durovdan foydalanib boyib olişni istovçilar köp böldi. «Yodimda, Davosdagi forumda (2018 yil yanvari oxirlarida) Oleg Deripaska keça taşkillaştirdi va Durov unda mehmon bölgan. Uning oldiga katta biznesmenlar kelib, TON haqida söray boşlaganda, ular qaytarib yuboravergandi», — deya eslaydi The Bell bilan suhbatda öşa yerda hozir bölgan investorlardan biri. Natijada investitsiyalarning ikki bosqiçida Telegram loyihasi uçun 175 investordan 1,7 mlrd dollar jalb qila olgan. Ularning orasida Kremniy vodiysining Kleiner Perkins, Benchmark va Sequoia Capital kabi yirik fondlari ham bölgan. Rossiyalik investorlar orasida sarmoya yotqizganini özlari tan olgan David Yakobaşvili va Sergey Solonindan taşqari, Roman Abramoviç, Said Gutseriyev va sobiq vazir Mixail Abizov bor deyişadi.
Biroq, alaloqibat ICO Telegram uçun katta muvaffaqiyatsizlik bilan yakun topdi. Durov hattoki öz kriptovalutasini SECʼda röyxatdan ötkazişga ham urinmagan, biroq Amerikaning nazorat organi bunga köz yumişni istamay, loyihani sudga bergan, Telegram esa sudda yutqazgan. Milliardlab dollar bilan ölçanadigan ikki yarim yillik raunddan söng Durov TON uzil-kesil yopilişini e’lon qildi. Bu vaqtga kelib u jalb qilingan pullardan bir neça yuz millionini sarflab ham bölgan edi. «Garçi investorlarning xotirasi qisqa bölsa ham, qöllari uzun», deya e’tiroz bildirgandi öşanda The Bell bilan suhbatda investorlardan biri. Ular sönggi daqiqalargaça blokçeyn işga tuşirilmasa ham, pullarni qaytariş yo kompensatsiya tölaş borasida «Pavel nimadir öylab topadi», deb umid qilişdi.
Pavel faqat obligatsion qarzlar öylab topişni uddaladi. Qolgan yillarda Telegram faqat qarz oliş bilan maşğul böldi. Sönggi uç yil içida kompaniya 2,3 mlrd dollardan ziyodroq qiymatga bondlar joylaştirdi. Biroq Durov monetizatsiya bilan tajribalarini davom ettiraverdi. «Bizda heç qaçon reklama bölmaydi», degan murosasiz pozitsiyadan «Biz heç qaçon Telegramʼda 30 soniyalik roliklar körsatmaymiz»ga ötildi. «Agar biz qaçondir reklama joriy etsak, u faqat serverga yuklama tuşiruvçi va xizmat körsatiş qimmatga tuşuvçi yirik kanallarda namoyiş etiladi», — deb yozgandi u 2021 yil yanvarida.
Pirovardida Telegramʼda çindan ham reklama paydo böldi. The Bell suhbatdoşlari uning samaradorligini baholar ekan, butun 2023 yil uçun 50-100 mln dollar raqamlarini qayd etişgan. Telegramʼning özi öşanda bu raqamlar haqiqatga töğri kelmasligini ta’kidlagan. Reklamadan taşqari Telegram Premium pulli xizmatiga obunani işga tuşirdi va u platforma tuşumining sezilarli qismini taşkil etişi lozim edi. Yil boşida Durovning özi 5 million pulli obunaçi haqida yozgan edi, ularning ayni paytdagi soni qançaligi noma’lum.
Şu yil yozida Telegram öz içki valutasini işga tuşirdi — Gram örniga Stars keldi. Endi Telegram içida sotiladigan tovarlar va xizmatlar uçun rasman faqat unda tölov qiliş mumkin. Starsʼning paydo bölişi zarur şart edi: aftidan, platforma içida öz şaxsiy dökonidan taşqarida tölovlar ötayotganidan norozi Apple Telegram bilan qasdlaşib qolgan. Durovning özining yozişiça, Starsʼning paydo bölişi mini-ilovalarga «raqamli xizmatlar uçun android va iOS ilovalarida eng sodda tölov usulidan foydalanib tölovlarni qabul qiliş imkonini yaratadi». Faktga köra, Telegramʼda ilova içida tölovlardan özining kiçik komissiyasini oliş imkoniyati paydo böldi, biryöla içki tranzaksiyalarni «şaxssizlantiriş» ham mumkin: endi foydalanuvçi xizmat sotayotganlarga töğridan töğri tölov qilmaydi, servisning qandaydir içki valutasini şunçaki xarid qiladi.
Yaqin-yaqingaça Telegramʼning pul işlaşga bölgan urinişlari nima bilan tugagani noma’lum edi. Lekin endilikda The Financial Times platformaning ötgan yilgi moliyaviy körsatkiçlarini örganişga muvaffaq bölgan. Kompaniya hamon ziyonda. Telegram tuşumi 342 mln dollarga teng bölgan, operatsion zarar — 108 mln dollar, soliqlar tölanganidan keyingi zarar — 173 mln dollar. Kompaniya öz balansida uşlab turgan kriptoaktivlar qiymati oşişi hisobiga moliyaviy yöqotişlarini qisman qoplamoqda. Ularning umumiy qiymati ötgan yili 400 mln dollarga baholangan. 2024 yilda Telegram özining Toncoin zaxiralaridan bir qismini 224 mln dollarga sotgan ham. Durov Parijda hibsga olinganidan söng ötgan bir hafta içida Toncoin 20 foizga arzonlaşib ketgan.
Endi nima böladi?
Durovning uşlanişi uning kompaniyasi uçun moliyaviy halokatga aylanib ketişi mumkin, deb yozadi FT. 2,3 mlrd dollar qarzni grafik böyiça kompaniya 2026 yil martigaça söndirişi kerak. Bu vaqtga kelib bond xaridorlari öz pullarini foizi bilan ortga qaytarib olişlari kerak (obligatsiyalar yillik 7 foiz daromad bilan çiqarilgan), yoki diskont bilan IPÖda iştirok etişi kerak (2026 yil martigaça bu diskont 20 foizgaça ösişi kerak). Agar avval Telegram IPÖsiga oid rejalarga ğoyaviy savollar bölgan bölsa — asosçi sifatida taşqi nazoratdan qoçib, kompaniyaga boşqa investorlarni yaqinlaştirmagan Durov direktorlar kengaşi, ştatdagi «ortiqça kişilar» va har çoraklik hisobotga rozi bölişi kerak — endi hozirgi şaroitlarda joylaştiriş imkonlimi degan savol köndalang böldi. FTʼning hisoblaşiça, bu amalda imkonsiz: Durovga qarşi iş şundoq ham zararga kirib yotgan biznesga katta ziyon keltirişi mumkin.
Biroq optimistlar ham bor: IT investitsiya qilgan Anton Agranovskiy öz Telegram kanalida yozişiça, alohida olingan yildagi zararlarga qarab, Telegramʼning juda tez kötarilgani va tölovga qodir auditoriyani hisobga olmaslik ğalati. «Bunday mantiq bilan Twitter (endilikda X) 2023 yil avvalida yopilib ketişi kerak edi. Ösiş sur’atlari, rivojlanişga sarmoyalar va bu sarmoyalardan kutilmalar majmuasida Telegram raqamlarini köplab investorlar juda ajoyib deb qabul qilişadi», degan ekspert.
Hozirça yangiliklar investorlarni asabiylaşişga majbur qilmoqda: Durov hibsga olingaç kompaniya obligatsiyalari bir dollardan 90 sentgaça tuşib ketgan. Biroq Telegram tinçlantirişga şoşilmayapti: obligatsiya xaridorlaridan birining aytişiça, ötgan bir hafta içida messenjer vakillaridan heç kim u bilan aloqaga çiqmagan.
Bizga bundan nima?
Telegram töqnaş kelgan muammolar milliard foydalanuvçi bilan boğliq biznesga jiddiy ta’sir qilişi mumkin. Buni faqat Durovning erksevarligi bilan tuşuntiriş yaramasa kerak — çunki u pragmatik bölişni ham eplar ekan, zaruriyat tuğilsa Medvedev bilan ham, Makron bilan ham gaplaşar ekan. Bu ötgan davr içida Durov turli davlatlarda alohidalik va jamoat xavfsizligi orasida muvozanatga erişib kela olgan. Endi taxmin qiliş mumkinki, agar Telegramʼda kuçli monetizatsiya modeli paydo bölganida u öz xavfsizligi uçun köproq e’tibor qaratgan bölardi — uning barça katta raqobatçilari şunday qiladi. Telegram va uning barça foydalanuvçilari, jumladan bizda ikkinçi imkoniyat böladimi-yöqmi, yaqinda bilib olamiz.











