Fransiyada Yevroparlament saylovlarida markazçi lager mağlubiyatga uçragaç, mamlakat prezidenti Emmanuel Makron parlament quyi palatasini tarqatib yubordi. «Men heç narsa bölmagandek harakat qila olmayman», dedi u 9 iyun, yakşanba kuni keçqurun. 

Fransiyada navbatdan taşqari parlament saylovlari 30 iyunda, ikkinçi tur 7 iyulda bölib ötadi, dedi Makron. Uning sözlariga köra, u bu bilan fransuzlarga parlament kelajagini saylovlar orqali hal qiliş huquqini beriş niyatida. «Bu qaror jiddiy va qiyin, lekin birinçi navbatda bu işonç harakati hisoblanadi», deya qöşimça qildi u. 

Fransiyada Yevropa saylovlarida öng populistlar ğalaba qozondi 

Marin Le Pen tomonidan asos solingan öng qanot populist «Milliy birlaşuv» partiyasi Fransiyada Yevroparlament saylovlarida ğalaba qozondi. Ekzitpollar natijalariga köra, u 32 foizga yaqin, hukmron «Renessans» esa 15 foizga yaqin ovoz töplagan. Uçinçi örinni taxminan 14 foiz natija bilan Fransiya Sotsialistik partiyasi egallaşi prognoz qilingan. 

Le Pen Yelisey saroyining qarorini olqişladi. «Agar fransuzlar bölajak parlament saylovlarida bizga işonç bildirsa, biz hokimiyat tepasiga kelişga tayyormiz», dedi «Milliy birlaşuv»ning parlament fraksiyasi rahbari va bu siyosiy kuç natijasini tarixiy deb atadi.

Prognoz: YePga saylovlarda öng markazçilar alyansi yetakçilik qilmoqda

Ayni paytda, Yevropa Ittifoqining 27 ta davlati orasida eng kuçli siyosiy kuç öng markazçi partiyalar ittifoqi bölişi mumkin. Yevropa xalq partiyasi (YeXP) Yevroparlamentdagi 176 örinni qölga kirityapti – bu 2019 yilgi saylovlardan keyingi örinlar bilan bir xil, deb xabar berdi Germaniyaning ARD media-kompaniyasi dastlabki norasmiy natijalar va ovoz berişdan keyingi ekzitpollar natijalariga tayanib. 

Sotsial-demokratlar Yevroparlamentdagi ikkinçi yirik kuç bölib qoladi. ARD prognoziga köra, Sotsialistlar va demokratlarning progressiv alyansi (SvD) 134 örinni qölga kiritadi, bu avvalgi qonunçilik davridagidan 5 taga kam. Uçinçi natija – «Yevropani yangilaş» liberal fraksiyasida, u 87 öringa ega böladi (avvalgidan 15 ta kam). «Şaxsiyat va demokratiya» fraksiyasining öng millatçilari 70 örin (+21 örin) olişi mumkin.

Germaniyada öng qanot populistlari - ikkinçi örinda 

Germaniyada «Germaniya uçun muqobil» (GuM) partiyasining öng qanot populistlari, sörov natijalariga köra, 16,5 foiz ovoz töpladi va ikkinçi örinni egalladi. 

Yevroparlamentga saylovning oxirgi kuni – 9 iyunda Yevropa Ittifoqining 27 davlatidan 21 tasida ovoz beriş bölib ötdi. Avvalgi kunlarda bir qança mamlakatlarda saylovlar ötkazilgan. Xususan, Slovakiya, Latviya va Malta saylovçilari 8 iyun kuni ovoz berişdi, Italiyada ham ovoz beriş taşkillaştirildi. Yevroparlamentning 720 nafar deputati saylovida jami 360 millionga yaqin saylovçi iştirok etiş huquqiga ega.