09:43 / 11.06.2024
6169

Surxondaryoda yer silkinishi kuzatildi

Surxondaryoning qator tumanlarida zilzila kuchi 2-3 ballni tashkil etdi.

Foto: AP / IRWIN FEDRIANSYAH

FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabariga ko‘ra, 11 iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 9:13 da Tojikistonda zilzila sodir bo‘ldi. 

Zilzila koordinatalari: 37,76 gradus shimoliy kenglik; 68,15 gradus sharqiy uzunlik. 

Magnituda M=4,3. Chuqurlik 25 km. Zilzila episentri Toshkentdan 400 km janubi-g‘arbda.

O‘zbekiston hududida sezilish kuchi:

  • Sho‘rchi tumanida 2-3 ball, 33 km;
  • Uzun tumanida 2 ball, 45 km;
  • Qumqo‘rg‘on tumanida 2 ball, 52 km;
  • Oltinsoy tumanida 2 ball, 59 km;
  • Jarqo‘rg‘on tumanida 2 ball, 67 km;
  • Denov tumanida 2 ball, 69 km;
  • Bandixon tumanida 2 ball, 71 km.
Mavzuga oid
Top