30 avgust kuni Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida «Zarçob-1A» kiçik GESi foydalanişga topşirildi.

«Özbekgidroenergo» xabariga köra, Töpalang daryosi böyida joylaşgan «Zarçob-1A»ning quvvati 3 MVt ga teng, yiliga örtaça 13,3 million kVt soat elektr energiyasi işlab çiqaradi.

Uşbu kiçik GES işga tuşirilişi natijasida törtinçi marta daryo suvi gidroagregatlar orqali ötkazilib, elektr energiya işlab çiqarilmoqda.

GESni quriş loyihasi qiymati — 3,33 million dollar. Uni işga tuşiriş orqali yangi 5 ta işçi örni yaratildi.

GESni quriş işlari Gidro Texnik MÇJ tomonidan bajarildi. Unga frensis turidagi 1 ta vertikal gidroagregat örnatildi.

Hisob-kitoblarga köra, «Zarçob-1A» işlab çiqaradigan elektr energiyasi 4750 ta xonadonni ta’minlaydi.