Jurnalist Ilyos Safarov telegram kanalida Denov tumanining Çim mahallasidan boşlanib Oltinsoy tumanining Şakarqamiş mahallasigaça bölgan yöldagi barça daraxtlarga qizil rangda maxsus belgilar çizib çiqilgani haqida ma’lum qildi.
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş vazirligining Kun.uz’ga ma’lum qilişiça, 2024 yilning 2 iyul kunida Avtomobil yöllari qömitasidan Ekologiya vazirligiga Surxondaryo viloyatida “4R105 “Darband-Boysun-Elbayon” va 4R100 “Manğuzor-Jarqörğon-Bandixon-Oltinsoy-Denov” avtomobil yöllarining ba’zi qismlarini rekonstruksiya qiliş loyihasini amalga oşiriş jarayoniga tösqinlik qilayotgan 9 405 tup daraxtni köçirib ötkazişga doir tegişli körsatma söralgan xat yöllangan.
“Vazirlik bunga javoban Özbekiston Prezidentining 2021 yildagi 46-son Farmoniga muvofiq davlat örmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalar qimmatbaho navlarining kesilişiga moratoriy amal qilingani hamda 2023 yildagi 81-son Farmoniga köra ekologiya va atrof-muhitga zarar yetkaziş, ösimlik va hayvonot olami dunyosi obektlarini nobud qiliş yoki ularga şikast yetkaziş bilan boğliq jinoyatlarni oğir jinoyatlar toifasiga kiritiş belgilanganini eslatgan” – deyiladi vazirlik izohida.
Qöşimça qilinişiça, yuqorida qayd etilgan hududdagi daraxtlarning köp yillik yoşi va hajmidan hamda ularning hozirda tinim (vegetatsiya) davrida ekanligidan kelib çiqib, Ekologiya vazirligi daraxtlarni köçirişga rad javobini bergan.
Şuningdek, uşbu loyihani amalga oşirişda daraxtlardan xoli hududni tanlaş va bu borada loyihaga tegişli özgartirişlar kiritişni tavsiya qilgan.
Şunday bölsa-da, mazkur loyihaning amalga oşiş masalasi ayni damda Hukumat komissiyasi tomonidan körib çiqilyapti.
“Surxondaryo viloyati hokimligi tomonidan inson hayoti xavfsizligini ta’minlaş nuqtai nazaridan uşbu yönalişdagi yöl infratuzilmasi takomillaştiruvga muhtojligi qayd etilmoqda. Kuçli yomğir yoğişi va sel kelişi oqibatida yöl va köpriklar ta’mirtalab holatga kelib qolgan. Avtomobillar sonining kundan kunga oşişi esa yöllarda tirbandliklarni yuzaga keltirmoqda. Natijada avtomobillarning harakatlanişida qiyinçiliklar yuzaga kelib, avtohalokat hodisalari köpaymoqda. Jumladan, 2022-2024 yillar mobaynida bu yerda 54 ta avtohalokat hodisasi sodir bölgan, buning natijasida esa 19 nafar fuqaro vafot etgan, 31 nafar fuqaro turli tan jarohat olgan.
Şu bois ayni damda loyiha doirasidagi hududda mavjud daraxtlar holati, soni, turi, ölçami va qiymatini aniqlaş böyiça Surxondaryo viloyat Ekologiya boşqarmasi xodimlari tomonidan örganiş işlari olib borilmoqda”, – deya qöşimça qildi vazirlik.









