Pashinyan Armaniston KXShTdan chiqishini e’lon qildi
Pashinyan KXShTni - a’zolari Qorabog‘dagi urushga tayyorgarlik ko‘rishda ishtirok etgan «pufak ittifoq» deb atadi. U Armaniston uni o‘zi ma’qul deb topgan vaqtda tark etishiga va’da bergan. Rossiya TIV Yerevanni bunga AQSh va Yevroittifoq majburlagan deb hisoblaydi.

Foto: Sputnik / RIA Novosti
Armaniston Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotini tark etadi, boshqa yo‘l yo‘q, dedi mamlakat bosh vaziri Nikol Pashinyan.
«Chiqamiz. Qachon chiqishni hal qilib olamiz. Sizning fikringizcha, keyingi qadam qanday bo‘lishi kerak edi? Axir ortga qaytmaymiz-ku! Boshqa yo‘l yo‘q», — degan Pashinyan parlamentdagi hukumat soati vaqtida.
U sobiq hukumatni a’zolari «Ozarboyjon bilan Armanistonga qarshi urush rejalashtirgan» «pufak ittifoq»qa a’zo bo‘lishda ayblagan.
Endi hukumat qay tomon yo‘l olgani to‘g‘risidagi savolga Pashinyan shunday javob qaytargan: «Biz real Armanistonga, Armaniston Respublikasiga — suveren, xavfsiz, chegaralari delimitatsiya qilingan tinch davlat tomon ketyapmiz. Xavotirlanmang, biz ortga qaytmaymiz».
Bu Pashinyan birinchi bor shu kabi bayonotlar bilan chiqishi emas. U avval ham tashkilotni Armaniston va Ozarboyjon mojarosi vaqtida yordam ko‘rsatmagani uchun tanqid qilgan, may oyi oxirida esa tuzilma a’zolari bo‘lgan ikki mamlakat Qorabog‘dagi urushga tayyorgarlik ko‘rishda ishtirok etganini aytgan, ammo gap qaysi davlat haqida ketayotganiga aniqlik kiritmagandi (KXShTga Armanistondan tashqari Rossiya, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston ham a’zo edi).
Fevral oyida Pashinyan mamlakatning KXShTga a’zoligi muzlatilganini ma’lum qilgandi. May oyi boshida Armaniston hukumati KXShTni moliyalashtirishda ishtirok etmasligini e’lon qildi.
Yerevanning KXShTni moliyalashtirishdan bosh tortish to‘g‘risidagi qaroriga munosabat bildirgan Rossiya TIV tashkilot budjetiga o‘zgartirish kiritilishini ma’lum qilgan, ammo respublikaning birlashma oldida moliyaviy majburiyatlari qolayotganini eslatgan. Vazirlikdagilarning hisoblashicha, Armanistonning KXShTdan chiqishi mamlakatni «Janubiy Kavkazdagi o‘ta xavfli rejalarini amalga oshirish vositasi»ga aylantirmoqchi bo‘layotgan AQSh va Yevroittifoq istagi bilan ro‘y bermoqda.
Shu bilan birga, Kremldagilar arman tomoni bilan nafaqat KXShT doirasida, balki ikki tomonlama miqyosda ham aloqalarni davom ettirishga tayyor ekanini bildirgandi.
Bir kun oldin, 11 iyun kuni Armaniston AQSh bilan munosabatlarni strategik hamkorlik darajasiga ko‘tarishini ma’lum qilgandi. Bu Vashington iqtisodiy va mudofaa sohalaridagi islohotlarda yordam ko‘rsatishini nazarda tutadi, ammo AQSh armiyasining ehtimoliy mojarodagi aralashuvini anglatmaydi. AQSh davlat kotibining Yevropa va Yevrosiyo masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Jyeyms O'Brayyen ham Vashington Yerevan bilan xavfsizlik sohasidagi munosabatlarni rejalashtirayotganini aytgan.
Tavsiya etamiz
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
Dunyo bo‘ylab Ramazon hayiti qanday kutib olindi – fotolar
Jahon | 20:30 / 30.03.2025
AQSh «Tolibon» bilan aloqa o‘rnatyaptimi?
Jahon | 16:25 / 30.03.2025
Germaniyadagi shaharcha gazetada e’lon berib, yangi hokim axtarmoqda
Jahon | 07:57 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp Ukrainada sulhdan umid uzdi va Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar tayyorlamoqda
Jahon | 08:30
-
Yevropa kengashi raisi Antoniu Koshta O‘zbekistonga keldi
O‘zbekiston | 08:16
-
Rossiyaga Pokistondan migrantlar olib kirish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar yo‘lga qo‘yiladi
Jahon | 07:57
-
Tramp Harvardni milliardlardan mahrum qilmoqchi
Jahon | 07:56
Mavzuga oid

17:09 / 26.03.2025
Armaniston parlamenti YeIga qo‘shilishni boshlash to‘g‘risidagi qonunni qabul qildi

08:23 / 22.03.2025
Pashinyan Armanistonning yangi konstitutsiyasi bo‘yicha referendum muddatini ma’lum qildi

20:21 / 13.03.2025
Armaniston va Ozarboyjon tinchlik bitimi loyihasini kelishib oldi

19:15 / 13.03.2025