Qozog‘istonda «tushunarsiz boylik» maqomi joriy etiladi
Unga ko‘ra shaxs o‘z mulkini qonuniy ravishda qo‘lga kiritganini isbotlashi kerak. Agar buni isbotlay olmasa, bu mol-mulkka sud qarori bilan «tushunarsiz boylik» maqomi beriladi va davlat daromadiga qaytariladi.

Foto: Tengrinews
Dunyoda aktivlarni qaytarish uchun qo‘llaniladigan yangi modellardan biri - «tushunarsiz boylik» Qozog‘istonda joriy etiladi. Bu haqda Qozog‘iston Bosh prokuraturasi huzuridagi Aktivlarni qaytarish qo‘mitasi raisi Nurdaulet Suyindikov ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, noqonuniy olib chiqilgan aktivlarni Qozog‘istonga qaytarish bo‘yicha ishlar qizg‘in olib borilmoqda va allaqachon aniq natija bor. Gap 1,5 trillion tenge miqdorida qaytarilgan aktivlar haqida bormoqda. Shuningdek, aktivlarni qayta tiklash bo‘yicha qo‘mita «tushunarsiz boylik» bo‘yicha birinchi da’vo va qarorni chiqarganini ta’kidlaydi.
«Dunyoda aktivlarni qaytarishning bir necha modellari mavjud. Oxirgi va yangilaridan biri «tushunarsiz boylik» deb ataladi. Bu muayyan shaxsning har qanday mulkka qonuniy egalik qilishiga davlatning asosli e’tiroziga bog‘liq. Va sub’yekt uni qonuniy ravishda qo‘lga kiritganini isbotlashi kerak. Agar buni isbotlay olmasa, bu mol-mulkka sud qarori bilan «tushunarsiz boylik» maqomi beriladi va davlat daromadiga qaytariladi. Qozog‘istonda bunday talab asosida sud qarori kuchga kirgan birinchi holat mavjud. Uning doirasida yaqin vaqt ichida davlat daromadiga 11 mln dollarga yaqin mablag‘ qaytariladi», dedi u.
Qozog‘iston prezidenti Administratsiyasi rahbari Oybek Dadebay so‘zlariga ko‘ra, bu mamlakat uchun beqiyos tajriba va bunday amaliyot nufuzli xalqaro tashkilotlar va hamkor davlatlar tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi.
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev 2022 yil fevral oyida bo‘lib o‘tgan hukumatning kengaytirilgan yig‘ilishida noqonuniy yo‘llar bilan qo‘lga kiritilgan aktivlarni mamlakatga qaytarish zarurligi haqida gapirgan edi. Ushbu tashabbusdan ko‘zlangan maqsad mamlakatdagi ishbilarmonlik muhiti va umumiy iqtisodiy muhitda halol raqobatni mustahkamlashdan iborat ekani aytildi.
To‘qayev 2023 yil iyul oyida «Noqonuniy yo‘l bilan olingan aktivlarni davlatga qaytarish to‘g‘risida»gi qonunni imzoladi.
Tavsiya etamiz
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
Isroil Suriyani bombaladi. Turkiya nega sukutda?
Jahon | 12:44 / 06.05.2025
May oyida vodiyda me’yorga yaqin harorat kutiladi, mamlakatning katta qismida oy xuddi iyun kabi o‘tadi
O‘zbekiston | 11:17 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Germaniya Kiyevga beriladigan qurol-yarog‘ haqidagi ma’lumotlarni qisqartiradi
Jahon | 12:01
-
O‘zbekiston va Britaniya gender tenglikni ta’minlash bo‘yicha hamkorlikni jadallashtiradi
O‘zbekiston | 11:45
-
Peskov: Agar nyuanslar hisobga olinsa, Rossiya o‘t ochishni to‘xtatishga rozi
Jahon | 11:19
-
Starmer, Makron, Mers va Tusk Kiyevga yetib keldi
Jahon | 11:17
Mavzuga oid

09:41 / 18.04.2025
Noyob tarixiy boyliklarni xorijga olib chiqmoqchi bo‘lgan shaxs to‘xtatildi

10:48 / 03.04.2025
O‘zbekistonda boylarni soliqqa tortishning alohida tizimini joriy etish rejalashtirilyapti

23:54 / 13.03.2025
Indoneziya prezidenti korrupsionerlar uchun qamoqxona qurilishini e’lon qildi

13:20 / 13.03.2025