O‘zbekiston | 12:33 / 14.06.2024
23114
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston​​​​​​​da dam olish kunlari qanday ob-havo kutilayotgani ma’lum qilindi

Sinoptiklar 14-18 iyun kunlari uchun ob-havo prognozini taqdim etdi.

Foto: Kun.uz

Bugun va ertaga O‘zbekiston hududi bo‘yicha havo asosan kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Respublika hududining katta qismida +32...+35 daraja atrofida bo‘lgan juda qulay havo harorati kuzatiladi. Faqat respublikaning shimolida, janubida va cho‘l hududlarida kunduz kunlari havo +37...+39 darajagacha isiydi.

“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, 16-18 iyun - Qurbon hayiti bayrami kunlarida respublika hududi bo‘yicha yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi, havo harorati hududning katta qismida +36...+39 darajagacha, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda +40...+41 darajagacha ko‘tariladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida 17-18 iyun kunlari kechga tomon ba’zi joylarda mahalliy xususiyatga ega bo‘lgan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Sharqiy yo‘nalishdagi shamol 9-14 m/s tezlikda esadi, 18 iyunda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Poytaxtda 14-15 iyunda havo asosan kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat +32...+35 daraja bo‘ladi. 16-18 iyun kunlari havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat +35...+38 daraja bo‘ladi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi.

Mavzuga oid