Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Foto: Koreya prezidenti Samarqandning tarixiy obidalarini tomosha qildi
O‘zbekiston va Janubiy Koreya prezidentlari hamda ularning rafiqalari Registon ansambli, Amir Temur maqbarasi, Mirzo Ulug‘bek rasadxonasi, “Afrosiyob” muzeyi va “Boqiy shahar” majmuasida bo‘ldi. 3 kunlik tashrif yakunida mehmonlar Samarqand xalqaro aeroportidan kuzatib qo‘yildi.
Koreya Respublikasi prezidenti Yun Sok Yol O‘zbekistonga davlat tashrifi doirasidagi tadbirlar yakunida O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamrohligida Samarqandning tarixiy obidalari bilan tanishdi.
Ular Registon ansambli, Amir Temur maqbarasi, Mirzo Ulug‘bek rasadxonasi va muzeyi hamda yaqinda koreyalik mutaxassislar ishtirokida restavratsiya qilingan “Afrosiyob” muzeyida bo‘ldi.
Ekskursiyaning oxirgi manzili “Buyuk ipak yo‘li” xalqaro turizm markazidagi “Boqiy shahar” tarixiy-etnografik majmuasi bo‘ldi.
Tashrif tadbirlari yakunlanganidan so‘ng Samarqand xalqaro aeroportida Koreya Respublikasi prezidenti Yun Sok Yol va uning rafiqasini O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev va rafiqasi kuzatib qo‘ydi.
Suratlar
















Mavzuga oid
14:16 / 03.02.2026
O‘zbekistonliklar Janubiy Koreyaga vizani qanday olishlari mumkin?
15:32 / 02.02.2026
O‘zbekistonga koreyaliklar oqimi ko‘paydi: 46 ming tashrif
19:33 / 28.01.2026
Janubiy Koreyaning sobiq birinchi xonimi korrupsiya tufayli qamoq jazosiga hukm qilindi
09:39 / 27.01.2026