To‘qayev Qozog‘istonda loukosterlarni ko‘paytirish bo‘yicha topshiriq berdi
Uning so‘zlariga ko‘ra, Qozog‘iston aviabozorida loukosterlarning ulushi “bor-yo‘g‘i 21 foizni” tashkil etadi. Bu ko‘rsatkich Gruziyada 56 foiz, Ozarboyjonda esa 37 foiz, degan Qozog‘iston prezidenti.

Foto: Olmaota aeroporti
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev 13 iyun kuni turizmni rivojlantirish bo‘yicha “mamlakat tarixidagi eng keng ko‘lamli yig‘ilish”ni o‘tkazdi, deya xabar bermoqda Zakon.kz.
Nashrning yozishicha, To‘qayev Qozog‘istonda sayyohlar sonini kelgusi 5 yil ichida 2-3 barobarga oshirish vazifasini qo‘ygan.
“Ommabop yo‘nalishlarda loukosterlarning mavjudligini kengaytirish kerak. Hozir Qozog‘istondagi yo‘lovchi aviatashuvlarida ularning ulushi bor-yo‘g‘i 21 foiz. Taqqoslash uchun, Gruziya va Ozarboyjonda bu ko‘rsatkich mos ravishda 56 foiz va 37 foizni tashkil etadi”, – degan To‘qayev.
Uning so‘zlariga ko‘ra, turizm sohasining Qozog‘iston iqtisodiyotidagi ulushi oxirgi 4 yilda 3,7 foizdan 3,2 foizgacha kamayib ketgan. Qozog‘iston prezidenti yig‘ilishda sohani isloh qilish uchun ustuvor yo‘nalishlarni sanab o‘tgan.
“Vazirlar Mahkamasi hokimliklar bilan birga kurort zonalarning muhandislik infratuzilmasi bilan ta’minlanganlik holati bo‘yicha taftish o‘tkazishi kerak. Turistik manzillarni muhandislik infratuzilmasi, xususan elektr energiyasi, kanalizatsiya, tozalash inshootlari, ichimlik suvi va kirish yo‘laklari bilan ta’minlash uchun alohida budjet dasturi ishlab chiqish zarur”, – degan Qosim-Jo‘mart To‘qayev.
Tavsiya etamiz
Tahdid va tarix haqida va’z: Istanbul muzokaralarida nimalar deyishdi?
Jahon | 13:33 / 17.05.2025
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
Shaharlarda yo‘l ta’mirlash ishlari faqat tunda amalga oshiriladi
O‘zbekiston | 17:20 / 16.05.2025
Kameralar yo‘l chizig‘ini bosganlik uchun jarima yozmaydigan bo‘ldi
O‘zbekiston | 16:46 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yaponiyadagi ko‘rgazmada O‘zbekiston paviloni yuz minglab mehmonlar e’tiborini tortdi - Saida Mirziyoyeva
O‘zbekiston | 20:52
-
Bir oyda 590 mingdan ortiq yo‘l harakati qoidabuzarligi aniqlandi - IIV
O‘zbekiston | 20:32
-
Namanganda bir sutkada 2 mingdan ortiq yo‘l harakati qoidabuzarligi aniqlandi
O‘zbekiston | 20:16
-
Patriot va HIMARS uchun raketalarni Yevropada ishlab chiqarish boshlanadi
Jahon | 20:14
Mavzuga oid

16:40 / 14.05.2025
Haj va Umra ziyoratlarini noqonuniy tashkil etishga uringan sayyohlik firmalari aniqlandi

17:42 / 12.05.2025
Dunyodagi eng baxtli shahar aniqlandi

13:51 / 12.05.2025
O‘zbekistonga ilk bor bir oyda 1 mlndan ziyod xorijiy sayyoh keldi

09:50 / 03.05.2025