O‘zbekiston karbon dioksidi chiqindilarini kamaytirgani uchun Jahon Bankidan 7,5 mln dollar oldi
O‘zbekiston hukumati mablag‘larning bir qismini elektr va gaz tariflarining so‘nggi o‘zgarishlari tufayli farovonligi yomonlashgan oilalarga moliyaviy yordam ko‘rsatish uchun ishlatish majburiyatini olgan.
O‘zbekiston energiya sohasida emissiyalarni kamaytirish bo‘yicha hukumat siyosatini qo‘llab-quvvatlash dasturi doirasida Jahon Bankidan samaradorlik uchun to‘lov olgan dunyodagi birinchi davlat bo‘ldi. Bu haqda Jahon Banki xabar berdi.
Qayd qilinishicha, Uglerod aktivlari transformatsiyasi bo‘yicha Jahon banki jamg‘armasi (TCAF) «O‘zbekiston energetika sektorini o‘zgartirish uchun innovatsion uglerod moliyasi» (iCRAFT) loyihasi doirasida 500 ming tonna karbonat angidrid gazi chiqindilarini muvaffaqiyatli qisqartirishi natijasida 7,5 million dollar miqdorida grant ajratdi.
Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston hukumati (iCRAFT) loyihasi orqali olingan mablag‘larning bir qismini elektr va gaz tariflarining so‘nggi o‘zgarishlari tufayli farovonligi yomonlashgan oilalarga moliyaviy yordam ko‘rsatish uchun ishlatish majburiyatini olgan. Bundan tashqari, loyiha mablag‘lari O‘zbekistonning yashil iqtisodiyotga o‘tish va energetika sohasini isloh qilish bo‘yicha davlat dasturini amalga oshirishga hissa qo‘shadi.
iCRAFT loyihasi O‘zbekiston hukumatiga tegishli infratuzilma, tizimlar, mexanizmlar va hujjatlarni ishlab chiqishda yordam beradi, bu esa mamlakatni boshqa xalqaro hamkorlar va xususiy investorlar ko‘magida kelajakda xalqaro uglerod bozorlarida tranzaksiyalarni amalga oshirishga tayyorlaydi.
iCRAFT loyihasini amalga oshirish davomida O‘zbekiston 60 million tonna karbonat angidrid gazi chiqindilarini kamaytirishni rejalashtirmoqda. Shundan 2,5 million tonnaga yaqin karbonat angidrid gazi loyiha doirasida mamlakatdan xarid qilinadi. O‘zbekiston iCRAFT loyihasini amalga oshirish jarayonida yaratilgan va sinovdan o‘tkazilgan tizim va mexanizmlar yordamida qolgan uglerod birliklarini xalqaro uglerod bozorlarida sotishi mumkin bo‘ladi.
Mavzuga oid
16:12 / 20.12.2024
Chiqindilarni boshqarish sohasida to‘lov intizomini mustahkamlashga qaratilgan qonun loyihasi qabul qilindi
16:30 / 11.12.2024
O‘zbekistonning Rossiya oldidagi qarzi oshdi
19:02 / 14.09.2024
Jahon banki Orol dengizini saqlashning ikkinchi bosqichida ishtirok etadi
17:58 / 30.06.2024