Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Qotil asteroid» 27 iyun kuni Yerga yaqinlashadi
Bu asteroid so‘nggi 125 yil ichida Yerga yaqinlashadigan eng katta kosmik obektlardan biri sifatida tan olingan.
Olimlar tomonidan «sayyora qotili» deb atalgan katta asteroid Yer tomon harakatlanmoqda. Hisob-kitoblariga ko‘ra, 27 iyun kuni u sayyoraga 6,6 million km masofada yaqinlashadi. Bu asteroid so‘nggi 125 yil ichida Yerga yaqinlashadigan eng katta kosmik obektlardan biri sifatida tan olingan.
2011 UL21 asteroidi Yer yaqinidan 93 ming km/soat tezlikda o‘tadi. Avvalgi kuzatishlar shuni ko‘rsatdiki, Quyosh atrofida aylanish jarayonini yakunlash uchun unga 3 yil kerak bo‘ladi. Uning o‘lchami 1,7 dan 3,9 km gacha - bu astronomlarga ma’lum bo‘lgan asteroidlarning 99 foizidan kattaroqdir.
Olimlarning ta’kidlashicha, 2011 UL21 asteroidi 66 million yil oldin dinozavrlarni yo‘q qilgan kosmik toshdan taxminan besh baravar kichikroq. U bilan ehtimoliy to‘qnashuv bo‘r-paleogen falokatiga qaraganda kamroq talofatli bo‘ladi. Ammo bunday asteroid kontinental miqyosdagi o‘zgarishlarga sabab bo‘lishi va global iqlim o‘zgarishiga olib kelishi uchun atmosferaga yetarlicha chiqindilarni chiqarishi mumkin.
Astronomlarning fikricha, asteroidni teleskoplar yordamida tungi osmonda 28 va 29 iyun kunlari ko‘rish mumkin.
Katta asteroidning Yer yaqinidagi navbatdagi «tashrifi» 2089 yilda kutilmoqda. U bizning sayyoramizga 2,7 million km masofada yaqinlashadi - hozirgidan ikki baravar yaqinroq.
Mavzuga oid
17:34 / 25.02.2026
28 fevralda o‘zbekistonliklar sayyoralar paradiga guvoh bo‘lishadi
07:24 / 31.10.2025
NASA 2025 US6 asteroidi haqidagi ma’lumotlarga kirishni chekladi. Sabab nima?
07:23 / 27.09.2025
Oyga qulashi mumkin bo‘lgan asteroidni portlatib yuborish taklif qilindi
08:42 / 20.08.2025