Ramzon Qodirov politsiyachilarga hujum qilganlikda gumonlanayotganlarning qarindoshlarini o‘ldirishga chorladi
Dog‘istonda politsiyachilarga hujum uyushtirilganidan so‘ng Checheniston rahbari Ramzon Qodirov o‘z nazorati ostidagi kuchishlatar tizimlardan terrorizm va diniy ekstremizmning oldini olish bo‘yicha ishlarni kuchaytirishni talab qildi.

Ramzon Qodirov Telegram kanalidan skrinshot.
Ramzon Qodirov huquqni muhofaza qiluvchi organlar va davlat tuzilmalari xodimlarining hayotiga qilingan har qanday tajovuzga «shafqatsizlik bilan barham berish»ni, bunday holatlarda «nafaqat jinoyat ijrochilari, ularga bilvosita yordam berganlar ham» jazoga tortilishini va’da berdi.
Yig‘ilish videosida Qodirov politsiyachilarga hujum uchun jinoyatchilarning qarindoshlari ham javob berishiga to‘g‘ri keladi, deb ochiq aytgan.
«Agar [gumondor] shaytonlar bilan aloqada bo‘lsa — uning butun urug‘ini jazolash kerak. Bu urug‘ to‘liq javobgarlikka tortilishini bilishi kerak… Kimki birodarimizga (politsiyachiga) tajovuz qilsa, qonga qon qasos olib, uning barcha qarindoshlari, otasi, aka-ukasi va amakilarini o‘ldiramiz», — degan Qodirov.
Qodirov Checheniston aholisini ham bolalari nimalar bilan mashg‘ulligini bilishi kerakligidan ogohlantirgan va qarindoshlar orasida vahhobiylar chiqsa darhol uchastka noziriga xabar berishi lozimligini uqtirgan. «Yaxshisi, biz uni o‘z vaqtida to‘xtatib qolamiz, keyinchalik seni, o‘g‘lingni, akangni o‘ldirgandan ko‘ra», — deya murojaat qilgan Ramzon Qodirov chechenistonliklarga qarata.
23 iyun kuni Dog‘istonda qurolli hujumlar seriyasi ro‘y berdi. Jangarilar ikkita pravoslav cherkovi, ikkita sinagoga va Yo‘l-patrul xizmati postini nishonga olishgan. Terrorchilar bilan to‘qnashuv natijasida 20 dan ortiq inson, jumladan 16 nafar polsiyachi halok bo‘lgan. Hujum qilganlar orasida Sergoqal’a rayoni rahbari Magomed Umarovning yaqin qarindoshlari ham bo‘lgan.
Qodirov Chechenistonda jinoyatga daxldor bo‘lganlarning qarindoshlarini o‘ldirishga birinchi marta chaqirayotgani yo‘q. U bunday yondashuvni mahalliy urf-odatlar bilan tushuntirgan va «qonga-qon qasos»ni ular jumlasiga kiritgan.
«Qonga-qon qasos» Rossiya konstitutsiyasiga zid. Unga ko‘ra, har bir inson yashash huquqiga ega va hech bir inson sud qarorisiz jazolanmasligi kerak. «Qonga-qon qasos» motivi bo‘yicha qotillik jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Tavsiya etamiz
G‘arb Isroil Eronga zarba berishidan xavotirda. Bu haqda nimalar ma’lum va oqibatlar qanday bo‘lishi mumkin?
Jahon | 21:01 / 12.06.2025
Qizaloqqa qarshi armiya: Greta Tunberg G‘azoga yetib borolmadi
Jahon | 17:45 / 11.06.2025
So‘m 2 haftada 2 foizga mustahkamlandi. Qanday qilib?
Iqtisodiyot | 18:57 / 10.06.2025
Iyunda ob-havo nisbatan salqin bo‘lishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 16:47 / 10.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Air Arabia O‘zbekistonga va yana to‘qqizta davlatga parvozlarni to‘xtatdi
Jahon | 00:25
-
Eron Isroilga ballistik raketalarni uchirdi
Jahon | 23:46 / 13.06.2025
-
O‘zbekiston G‘azoda urushni to‘xtatish haqidagi BMT rezolyutsiyasiga qo‘shildi
Jahon | 23:21 / 13.06.2025
-
Erondagi masjid uzra qizil «qasos bayrog‘i» ko‘tarildi
Jahon | 23:12 / 13.06.2025
Mavzuga oid

18:15 / 06.05.2025
Ramzon Qodirov o‘zini Checheniston rahbari lavozimidan ozod etishni so‘raganini aytdi

19:05 / 05.05.2025
Dog‘istondagi otishmada uch politsiyachi halok bo‘ldi

17:22 / 09.03.2025
Checheniston va Dog‘istonda Telegram bloklandi

23:44 / 05.03.2025