Sport | 02:09 / 26.06.2024
3132
2 daqiqa o‘qiladi

Yevro-2024. Angliya 1-o‘rin bilan pley-offga chiqdi, Daniya va Sloveniya ham 1/8 finalda

Foto: Getty Images

Yevropa chempionatida S guruhida so‘nggi tur bahslari bo‘lib o‘tdi. 

3-turda Angliya Sloveniya bilan, Daniya Serbiyaga qarshi maydonga tushdi. O‘yinlarda hisob ochilmadi.

Natijada inglizlar (5) 1-o‘rin bilan pley-offga chiqishdi. Daniya va Sloveniya ochkolar, to‘plar nisbati, kartochkalar bo‘yicha bir xil natija qayd etishdi. UYeFA reytingida o‘rniga ko‘ra Daniya ikkinchi, Sloveniya uchinchi bo‘ldi va keyingi bosqichga yo‘llanma olishdi. Serbiya (2) turnir bilan xayrlashdi.

Ushbu guruhdagi natijalar sabab B guruhida 3-o‘rinni egallagan Xorvatiyaning (2) musobaqa bilan xayrlashgani ma’lum bo‘ldi. 

Yevro-2024. S guruhi. 3-tur. 25 iyun

Angliya — Sloveniya 0:0

Angliya – Pikford, Uoker, Stounz, Gehi, Trippiyer (Aleksander-Arnold, 84), Rays, Gallaher (Maynu, 46), Bellinghem, Foden (Gordon, 89), Saka (Palmer, 71), Keyn.

Sloveniya – Oblak, Stoyanovich, Karnichnik, Drkushich, Biyol, Yanja (Balkovets, 90+1), Gnezda-Cherin, Elshnik, Shporar (Tselar, 86), Sheshko (Ilichich, 75), Mlakar (Gorens-Stankovich, 86).

Ogohlantirishlar: Trippiyer (17), Yanja (22), Gehi (68), Biyol (72), Foden (77).

Daniya — Serbiya 0:0

Daniya – Shmeyxel, Ba (Dileyni, 77), Vestergor, Kristensen, Andersen, Mele, Eriksen (Poulsen, 88), Hyoyberg, Yulmand (Kristiansen, 77),Vind (Olsen, 46), Hoylund (Dolberg, 59).

Serbiya – Raykovich, Velkovich, Milenkovich, Pavlovich, Miyaylovich (Mladenovich, 73), Gudel (Yovich, 46), Lukich (Milinkovich-Savich, 88), Ilich (Vlahovich, 67), Samarjich (Tadich, 46), Mitrovich, Jivkovich.

Ogohlantirishlar: Milenkovich (4), Vind (27), Yulmand (30), Mitrovich (83).

Mavzuga oid