Özbekiston olimpiya jamoasi Olimpiadada öz tarixidagi ilk uçraşuvini ötkazişiga bir haftadan kam vaqt qoldi. Temur Kapadze şogirdlari Parij-2024 startini 24 iyul kuni «PSJ» klubi uy arenasi sanalmiş «Park de Prens» stadionida Ispaniyaga qarşi ötkazadi. «Qizil furiya» Yevropada tengsiz bölgaç, La Liga öyinçilaridan taşkil topgan olimpiya jamoasi ham Olimpiadada ğoliblikka asosiy da’vogarlardan sanalmoqda.

Tribuna.uz sayti Parij-2024 startidan avval Özbekiston olimpiya jamoasi joy olgan «S» guruhidagi Ispaniya, Misr va Dominikan jamoalari tarkibiga nazar taşlab, vakillarimiz qay darajadagi raqiblarga duç kelişini baholadi. Dastlabki raqib – Ispaniya.

Ispaniya olimpiya jamoasi – Yevropa vitse-çempioni

Özbekiston guruh bosqiçini 24 iyul kuni Parijda Ispaniyaga qarşi öyin bilan boşlaydi. Ötgan haftada uşbu mamlakat milliy jamoasi Yevro-2024 finalida Angliyani mağlub etib, qit’a çempioniga aylangan bölsa, Ispaniya olimpiya jamoasi 2023 yilda Yevropa çempionati U21 turniri finalida Koul Palmer yetakçiligidagi Angliyaga mağlub (0:1) bölib, Olimpiada-2024ga köhna qit’aning vitse-çempioni sifatida yetib keldi.

Foto: Getty images

Olimpiada finalçisi yoxud de la Fuentening yordamçisi boşqaruvidagi jamoa

Santyago Deniya Sançes yoxud Santi nomi bilan tanilgan ispaniyalik sobiq futbolçi Ispaniya olimpiya jamoasining boş murabbiyi sanaladi. 50 yoşli mutaxassis Tokio-2020 Olimpiadasida ham Luis de la Fuentening yordamçisi sifatida qatnaşgan va Ispaniya olimpiya jamoasi finalda Braziliyaga yutqazib (1:2), kumuş medali bilan çeklangandi.

Foto: Getty images

Luis de la Fuente aynan Olimpiadada Dani Olmo, Mikel Oyarsabal, Mikel Merino, Kukurelya, Unai Simon singari öyinçilar bilan muvaffaqiyat qozongan va bir yil ötib, Luis Enrike örniga Ispaniya milliy jamoasi boş murabbiyiga aylangandi. De la Fuentening örnini esa Santi egallagan.

Foto: Getty images

Yevro-2024 ğoliblari ham tarkibda

Ispaniyaning Parij-2024 turniriga boradigan 22 futbolçidan iborat tarkibi e’lon qilindi. 18 futbolçi öyin qaydnomasidan joy olsa, 4 futbolçi zaxira varianti sifatida qoladi. Bular – Kristian Moskera, Xuanlu Sançes, Serxio Kamelo va Alexandro Iturbe. De la Fuente qöl ostida Yevro çempioniga aylangan ikki futbolçi – Fermin Lopes (Barselona) va Aleks Baena (Vilyarreal) ham Olimpiadaga boradigan röyxatdan joy olgan.