Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Geroindan dezomorfingacha – Toshkentda 2 tonnadan ortiq giyohvand modda yo‘q qilindi
O‘tkazilgan tadbirda sud jarayonida ashyoviy dalillar sifatida o‘tgan qariyb 2 158,5 kg giyohvand modda maxsus pechlarda yoqib, kulga aylantirildi. Ular orasida eng kuchli giyohvand moddalardan tortib psixotrop tabletkalargacha bor.
26-iyun – Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni munosabati bilan Toshent shahrida huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida maxsus tadbir o‘tkazildi. Unda noqonuniy muomaladan musodara qilingan giyohvand moddalar yo‘q qilindi.
Tadbirda sud jarayonida ashyoviy dalillar sifatida o‘tgan 2 158 kg 447,2 gr giyohvand modda maxsus pechlarda yoqib yuborildi. Yo‘q qilingan moddalar orasida geroin, opiy, gashish, ko‘knor boshog‘i, marixuana va kannabis o‘simligi, tetragidrokannabinol, kokain, kodein, tramadol, dezomorfin kabilar bor.
Shuningdek, maxsus pechlarga 30 kgga yaqin sintetik giyohvand vositalari, 28 990 tup ko‘knor va 13 388 tup kannabis o‘simligi, 36 640 dona tabletka, 318 dona kapsula, 39 dona ampula ko‘rinishidagi psixotrop moddalar tashlangan.
Mavzuga oid
08:53 / 18.04.2026
Chegara hududida qariyb 55 kilogramm giyohvand modda musodara qilindi
13:16 / 22.01.2026
Toshkentda “zakladka” bilan bog‘liq holat: katta miqdorda giyohvand moddalar musodara qilindi
11:56 / 25.12.2025
Toshkentda giyohvand moddalar savdosi uchun tashkil etilgan Telegram-bot fosh etildi
11:58 / 17.12.2025