Chilonzorcha spektakl: Novza ko‘chasidagi o‘rindiqlar joyiga qaytarildi
Bundan bir hafta avval Toshkent shahri Chilonzor tumanining Novza ko‘chasidan o‘tgan anhor bo‘yi obodonlashtirilib, o‘rindiqlar va chiqindi qutilari o‘rnatilgandi. Bugun o‘sha o‘rindiqlar va urnalar olib ketildi. Kun.uz videosidan keyin ularning o‘rniga yangilari keltirildi. Bu orada, ishchilardan biri urnani bo‘shatish uchun undagi chiqindilarni anhorga to‘kkani sabab 1,7 mln so‘mlik jarima orttirib oldi.

Foto: Kun.uz
Bundan bir necha kun oldin Toshkent shahrining Chilonzor tumani Novza ko‘chasidan o‘tgan anhor bo‘yi tezkor tarzda obodonlashtirilib, ikki kun ichida hududdagi piyodalar yo‘lagi beton qilindi. O‘rindiq hamda chiqindilar qutilari o‘rnatildi.
Bugun, 29 iyun kuni negadir o‘rindiqlar va chiqindi qutilari traktorga ortilib, bitta ham qoldirmay olib ketildi. Chiqindi qutilariga to‘plangan chiqindilar esa anhorga ag‘darildi.
Kun.uz holat bo‘yicha maqola va video e’lon qilganidan so‘ng olib ketilgan o‘rindiq va urnalar o‘rniga yangilari olib kelindi.
Kun.uz muxbiri bu ishlarga o‘nga yaqin ishchilar jalb etilgani guvohi bo‘ldi. Tumanga yaqinda tayinlagan prokuror Ulug‘bek Xobiljonov ham shu yerda edi.
Bundan tashqari, avval o‘rnatilgan urnalardagi chiqindilarni anhorga to‘kkan shaxsga Ma’muriy kodeksning 72-moddasiga ko‘ra, 1,7 mln so‘m jarima solingani ma’lum qilindi.
Avvalroq Kun.uz muxbiri bilan suhbatlashgan ishchilar o‘rindiq va urnalarni olib ketish bo‘yicha topshiriqni Toshkent shahar kanallardan foydalanish va ularga tutash hududlarni obodonlashtirish boshqarmasi rahbariyati berganini ma’lum qilgandi. Shuningdek, jihozlar vaqtincha olib kelingani, ular aslida G‘ofur G‘ulom bog‘ining mulki bo‘lgani aytilgandi.
Tavsiya etamiz
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
Isroil Suriyani bombaladi. Turkiya nega sukutda?
Jahon | 12:44 / 06.05.2025
May oyida vodiyda me’yorga yaqin harorat kutiladi, mamlakatning katta qismida oy xuddi iyun kabi o‘tadi
O‘zbekiston | 11:17 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ayrim ijtimoiy xizmatlardan foydalanish xarajati vaucher asosida qoplab beriladi
O‘zbekiston | 13:33
-
Rossiya biznesi Kuba iqtisodiyotiga 1 mlrd dollardan ortiq sarmoya kirityapti
Jahon | 13:32
-
Britaniya harbiy-dengiz floti boshlig‘i ishdan chetlatildi
Jahon | 13:29
-
Samarqand va Tel-Aviv o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi
O‘zbekiston | 13:02
Mavzuga oid

12:18
Etihad Airways Abu-Dabi-Toshkent yo‘nalishida aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yishi mumkin

09:50 / 09.05.2025
Toshkentda uchta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

23:21 / 08.05.2025
Toshkentning ayrim ko‘chalarida 9 may kuni transport vositalari harakati cheklanadi

14:56 / 06.05.2025