Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dunyoning yashash uchun eng qulay shaharlari reytingi e’lon qilindi
Economist Intelligence Unit’ga ko‘ra, ketma-ket uchinchi yil Vena yashash uchun eng qulay shahar deb topildi. Undan keyingi o‘rinlarda Kopengagen va Tsyurix. Toshkent esa reytingning eng quyi pog‘onalarida qayd etildi.

Foto: Getty images
Britaniyaning The Economist jurnali tahliliy bo‘limi – Economist Intelligence Unit (EIU) dunyoning yashash uchun eng qulay shaharlari reytingini e’lon qildi.
Reytingda dunyoning 173 shahri barqarorlik, atrof-muhit, sog‘liqni saqlash, infrastruktura va ta’lim ko‘rsatkichlari bo‘yicha 100 balli tizimda baholandi.
Vena ketma-ket uchinchi yil yashash uchun eng qulay shahar deb topildi. Avstriya poytaxti barqarorligi, yaxshi infratuzilmasi, sifatli ta’lim va sog‘liqni saqlash xizmati, shuningdek, ko‘plab madaniy va ko‘ngilochar tadbirlar tufayli o‘z yetakchiligini saqlab qolmoqda.
Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni Kopengagen va Tsyurix egalladi. Eng yaxshi o‘nlikka, shuningdek, Melburn, Kalgari, Jyeneva, Sidney, Vankuver, Osaka va Oklend kirdi.
Reytingda so‘nggi o‘rinni Suriyaning Damashq shahri egalladi. Bundan tashqari, yashash uchun noqulay shaharlari o‘ntaligiga Tripoli, Jazoir, Lagos, Karachi, Dakka, Xarare, Port-Morsbi, Kiyev va Karakas kirdi.
Toshkent ham reytingning eng quyi pog‘onalarida qayd etilib, 173 mamlakat ichida taxminan 157-o‘rinni egallagan.
«Umuman olganda, so‘rovnomamizda keltirilgan 173 ta shahar bo‘yicha o‘rtacha ball 100 tadan 76,1 ga ko‘tarildi. Yaxshilanish juda kichik bo‘lib, geosiyosiy mojarolar, tartibsizliklar va ko‘plab shaharlardagi uy-joy inqirozi bunga ta’sir o‘tkazdi. Yaqin Sharqdagi vaziyat Tel-Avivni reytingda keskin pastga tushirdi, Rossiya va Ukraina o‘rtasida davom etayotgan urush esa Kiyevning eng quyi o‘nta shaharlar qatorida saqlab qolinishiga sabab bo‘ldi. Yevropada qishloq xo‘jaligidan tortib immigratsiya siyosatigacha bo‘lgan sabablarga ko‘ra noroziliklar kuchayishi mintaqadagi shaharlarning barqarorlik ko‘rsatkichlariga putur yetkazdi. Shu bilan birga, ko‘plab mamlakatlarda yashash xarajatlarining oshishi davom etyapti, uy-joy narxi qimmatlashishi inflatsiyaga ta’sir qiluvchi elementlaridan biri sifatida paydo bo‘ldi. Vaziyat, ayniqsa, Avstraliya va Kanadada tashvish uyg‘otadi. Bu yerda ijaraga olinishi mumkin bo‘lgan mulkning mavjudligi eng past darajada bo‘lib, foiz stavkalarining oshishiga qaramay, uy sotib olish narxlari o‘sishda davom etyapti, bu esa immigratsiyaga qarshi kayfiyatni yanada kuchaytirdi”, deyiladi hisobotda.
Tavsiya etamiz
Yil uchrashuvi: Alyaskada nima bo‘ladi?
Jahon | 20:43 / 11.08.2025
Urush taqdiri Alyaskada hal bo‘ladi – hafta dayjesti
Jahon | 17:31 / 10.08.2025
Koreya: Gapirilmaydigan haqiqatlar (2-qism) | SUBYEKTIV
Jamiyat | 18:07 / 09.08.2025
Lazizbek Mullajonov birinchisi emas. Doping sabab diskvalifikatsiya qilingan mashhur o‘zbek sportchilari
Sport | 20:54 / 08.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Xitoy Chexiya prezidenti bilan munosabatlarni uzdi
Jahon | 20:35
-
Buxoro viloyatidagi yangi loyihalar ko‘rib chiqildi
O‘zbekiston | 20:05
-
NBC: Tramp 13 avgust kuni Yevropa yetakchilari va Zelenskiy bilan muloqot qiladi
Jahon | 19:24
-
Roison – bolaligingizdagi brend zamonaviy qiyofada qaytdi
Jamiyat | 19:15
Mavzuga oid

19:20 / 07.08.2025
Rossiya Ta’lim vazirligi migrantlarning farzandlarini pullik o‘qitish g‘oyasiga qarshi chiqdi

15:19 / 04.08.2025
Yarim yilda O‘zbekistonga 9,5 ming chet el fuqarosi o‘qish uchun keldi

20:45 / 23.07.2025
Hindiston talabalarga O‘zbekistondagi tibbiy oliygohda o‘qimaslikni tavsiya qildi

13:07 / 23.07.2025