Asialuxe Travel turoperatorining versiyasi bo‘yicha iyulda dam olish uchun top-5 yo‘nalish
Ëz – unutilmas sayohatlar vaqti. Asialuxe Travel turoperatori iyul oyida dam olish uchun eng yaxshi joylar ro‘yxatini tayyorladi.
Asialuxe Travel turoperatori yoz avjida bo‘lgan vaqtda ideal dam olish uchun top-5 yo‘nalishni taqdim etadi. Har bir joyning takrorlanmas muhiti chiroyli arxitekturasi va tabiati, mahalliy aholining iliq munosabati bilan esda qoladi va sayohatingizni unutilmas tajribaga aylantiradi.
Antaliya, Turkiya
Antaliya plyajda dam olish va madaniy taassurotlarning ideal birlashuvini taklif qiladi. Ëzda ob-havo barqaror iliq va quyoshli, bu esa O‘rtayer dengizining toza va chiroyli plyajlaridan zavqlanishga imkon beradi. Sayyohlar ko‘plab mehmonxonalar orasidan o‘z did va budjetiga mosini tanlashi mumkin: hashamatli kurortlardan boshlab shinam butik-mehmonxonalargacha. Suvli bog‘lar, dengizda sayr, jipda safari va tungi shou-dasturlardan iborat turli ko‘ngilochar tadbirlar hech kimni e’tiborsiz qoldirmaydi.
Nimalarni albatta ko‘rish kerak: Kaleichi eski shahri, Adrian darvozasi, Xidirlik minorasi, Dyuden sharsharalari, Perge antik shahri.
Eng yaxshi plyajlar: Lara, Konyaalti, Kaputash, Olimpos
Narxi: 872 USD'dan boshlab
Reyslar: har kuni
BELDIBI BEACH HOTEL 4* 872 USD'dan boshlab
ADALIN RESORT HOTEL 4* 926 USD'dan boshlab
DOBEDAN WORLD PALACE (EX.ALVA DONNA WORLD PALACE) 5* 2108 USD'dan boshlab
Bodrum, Turkiya
Bodrum kunduzi sokin va kechasi jonli dam olishni xohlaydiganlar uchun ideal mos keladi. Bu yerda sizni Egey dengizining iliq suvi va tabiiy go‘zalliklar kutmoqda. Kechasi shahardagi klub va barlarda vaqtni tonggacha o‘yin-kulgi bilan o‘tkazish mumkin. Dengizga qaragan tinch restoranlarda yangi tutilgan dengiz mahsulotlari va an’anaviy turkcha taomlardan bahramand bo‘lish mumkin.
Nimalarni albatta ko‘rish kerak: Galikarnas maqbarasi, Mindos darvozasi, Muqaddas Pyotr qasri, Milta Marina sohili.
Eng yaxshi plyajlar: Markaziy shahar plyaji, Torba, Bitez, Geltyurkbyukyu, Gyumbet
Narxi: 930 USD'dan boshlab
Reyslar: haftasiga 2 marta – chorshanba va shanba kunlari
SALINAS HOTEL BODRUM 3* 611 USD'dan boshlab
MOONLIGHT HOTEL 3* 622 USD'dan boshlab
LA QUINTA BY WYNDHAM BODRUM 4* 820 USD'dan boshlab
Dalaman, Turkiya
O‘zining sokin muhiti bilan tanilgan Dalaman oilalar va shahar hayotidan dam olishni xohlaydiganlar orasida mashhur. Kurort mehmonlari yaqin orollar, loyli va termal buloqlarga borishlari, Fetxiye va Marmaris shaharlariga tashrif buyurishlari mumkin.
Fetxiye ajoyib plyajlari va shaffof suvi bilan taniqli, bu yerda Likiya maqbaralari bilan qadimiy vayronalarni ko‘rish hamda chiroyli sohilda sayr qilish mumkin.
Marmaris anchadan beri «yevropacha» kurort nomiga egalik qiladi: tor ko‘chalar, oppoq uylar, tog‘lar, bandargohlar va qadimiy binolar. Ushbu joylar dam olishingizni xilma-xil qilib, yorqin taassurotlar taqdim etadi.
Nimalarni albatta ko‘rish kerak: Oludeniz lagunasi, qadimiy maqbaralar, Kyoydjyegiz ko‘li, Kaunos vayronasi, toshbaqalar pitomnigi, Kayakyoy sharpa-shahri, Kleopatra oroli.
Eng yaxshi plyajlar: Oludeniz, Sarigerme, Istuzu
Narxi: 732 USD'dan boshlab
Reyslar: har juma kunlari
PINETA CLUB HOTEL 4* 830 USD'dan boshlab
MERIC HOTEL TURUNC 3* 903 USD'dan boshlab
LIBERTY FABAY HOTEL 5* 2176 USD'dan boshlab
Burgas, Bolgariya
Burgas Qora dengiz qirg‘og‘ida joylashgan, sayyohlarga boy va xilma-xil dam olishni taklif qiladi. Shahar tarixiy muzeylar, rang-barang ko‘llarga boy, iyulda esa – musiqiy, teatr va hatto qumli festivallar juda ko‘p bo‘ladi. Mahalliy restoranlar Bolgariya taomlarining keng tanlovini taklif qiladi, ko‘plab do‘konlar va bozorlar esa unikal suvenirlarni xarid qilishga imkon beradi.
Nimalarni albatta ko‘rish kerak: See Garden bog‘i, Muqaddas Anastasiya oroli, Stranja qo‘riqxonasi, Nesebr shahri.
Eng yaxshi plyajlar: Markaziy, Shimoliy, Sarafovo, Rosenets
Narxi: 1507 USD'dan boshlab
Reyslar: har yakshanba kunlari
KAMENETS NESSEBAR 3* 1507 USD'dan boshlab
DIAMOND 4* 1539 USD'dan boshlab
IMPERIAL PALACE 5* 1808 USD'dan boshlab
Karlovi Vari, Chexiya
Karlovi Vari – Yevropaning eng taniqli kurortlaridan biri. Ushbu shahar atrofida ko‘plab sanatoriy va spa-mehmonxonalar qurilgan shifobaxsh mineral buloqlar bilan tanilgan.
Sog‘lomlashtirish dasturlari bilan bir qatorda, shahar betakror arxitekturaga ega qadimiy markaz bo‘ylab sayr qilishni taklif qiladi. Gurmanlar esa Chexiyaning mazali taomlarini taqdim etadigan mahalliy restoranlarni yaxshi baholashadi.
Nimalarni albatta ko‘rish kerak: «Gyote» va «Diana» kuzatuv minoralari, Mariya Magdalina cherkovi, Rojdestvo uyi, Mozer shishalar muzeyi.
Buloqlar: Mill kolonnadasi, Geyzer kolonnadasi, Bog‘ kolonnadasi, «Termal» mehmonxonasining ochiq basseyni, Qasr kolonnadasi.
Narxi: 1607 USD'dan boshlab
Reyslar: 2 haftada 1 marta – payshanba kunlari
AMBASSADOR NARODNI DUM 5* 1607 USD'dan boshlab
BRISTOL - MAIN BUILDING 4* 1700 USD'dan boshlab
SPA HOTEL ČAJKOVSKIJ 4* 1733 USD'dan boshlab
Narxga to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvoz (Uzbekistan Airways) , transfer, mehmonxonada yashash, konsepsiya bo‘yicha ovqatlanish va tibbiy sug‘urta kiradi.
Barcha shaharlarga Uzbekistan Airways bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar mavjud, bu esa qulay va xavfsiz yetib olishni kafolatlaydi.
Asialuxe Travel barcha talablaringizni inobatga olgan holda, istalgan yo‘nalishga kompleks turistik to‘plam tanlashga yordam beradi. Turistik to‘plamlarni mamlakatning barcha turistik agentliklarida xarid qilish mumkin.
Turistik to‘plamlar va takliflar haqida batafsil ma’lumotni asialuxe.uz sayti, +998 71 201 77 77 yoki 1111 qisqa raqami orqali olishingiz mumkin.
Facebook: fb.com/asia.luxe.travel
Instagram: @asialuxe.travel
Telegram: t.me/asialuxe
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
17:00 / 27.10.2024
Maldiv – bu hamyonbop! Asialuxe Travel bilan ushbu ajoyib orolga to‘g‘ridan to‘g‘ri reys bilan uchamiz
15:00 / 27.09.2024
Bola Antaliyada bepul dam oladi! Asialuxe Travel kuz-qish yo‘nalishlarini erta band qilish afzalliklari haqida aytib beradi
15:00 / 24.09.2024
Asialuxe Travel bilan yangi ufqlarni kashf qiling
15:00 / 19.09.2024