Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bayden demokrat kongressmenlarga poygadan chiqmasligini bildirib xat yozdi
AQSh prezidenti Jo Bayden Tramp bilan bo‘lib o‘tgan teledebatlarda muvaffaqiyatsiz qatnashganidan so‘ng kurashdan chiqish so‘rab e’tirozlar ko‘payganiga qaramasdan, Kongressdagi demokratlarga partiyadan davlat rahbarligiga nomzodlikdan bosh tortmasligini bildirib xat yozdi.
The Washington Post nashri tomonidan e’lon qilingan xatda saylovoldi kurashini tark etmasligining asosiy sabablaridan biri sifatida Bayden o‘tgan praymeriz natijalarini keltirgan va unda demokratlar tarafdorlari uni qo‘llashganiga ishora qilgan.
«Demokratik partiya saylovchilari ovoz berishgan. Ular partiyadan nomzod sifatida meni tanlashgan. Endi biz bu jarayon ahamiyatsiz edi, deymizmi? Saylovchilar ovoz berish huquqiga ega emasmi?» — deya savol qo‘ygan Bayden.
O‘zining murojaatnomasida Bayden Tramp ustidan g‘alaba qozonish uchun eng maqbul nomzod ekanligiga «mutlaqo ishonchi komil» ekanini, aks holda nomzodini ilgari surmagan bo‘lishini ta’kidlagan. Uning fikricha, buyog‘iga qanday harakat qilish to‘g‘risidagi savol yopilishi kerak.
«Oldimizda turgan vazifaga nisbatan qat’iyatning susayishi yoki aniqlik yo‘qligi faqat Trampga yordam beradi va bizga zarar keltiradi. Biz uchun birlashish vaqti keldi, oldinga yagona partiya sifatida intilib, Donald Tramp ustidan g‘alaba qozonishimiz kerak», — deya fikrlarini yakunlagan Bayden.
Bungacha Vakillar palatasidagi demokratlardan biri Financial Times nashriga shu hafta hal qiluvchi bo‘lishini aytgan edi: 9 iyul kuni Kongressning quyi palatasida demokratlarning yig‘ilishidan so‘ng Bayden saylovlardan voz kechishini so‘rab turib olish masalasiga oydinlik kiritiladi. Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, bungacha Vakillar palatasining demokratik partiyadan yetti a’zosi — Jyerri Nadler, Adam Smit, Jim Hayms, Mark Takano, Don Beyyer, Jyeymi Raskin va Jo Morell Baydenni saylovdan olish fikri bilan chiqish qilishgan edi.
Bu narsa ommaga oshkor bo‘lgach, Vakillar palatasining razvedka qo‘mitasidagi bosh demokrat Hayms X ijtimoiy tarmog‘ida «Bayden –Harris» juftligini qo‘llashini bildirib tvit yozgan. Debatlar barbod bo‘lgach demokratlar tarafdorlari va partiyadagi ayrim siyosatchilar ulardan Kamala Harris nomzod bo‘lishini yoqlab chiqish qilishgan.
Demokratlar yakuniy nomzodni avgust oyida bo‘lib o‘tadigan qurultoy chog‘ida hal qilishadi. Avvalroq Axios portali AQShning sobiq prezidenti, Barak Obamadan tortib Kongress yetakchilarigacha ko‘plab demokratlar Baydenning kurashdan chiqishini istashayotganini yozgan edi. Amaldagi prezidentning o‘zi esa demokratlar uni qo‘llab-quvvatlashlariga ishonchi komil ekanini aytgan.
Mavzuga oid
18:49 / 05.01.2026
Bayden AQSh sobiq prezidentlari orasida eng yuqori pensiyani olishi aniqlandi
20:18 / 18.12.2025
Oq uyda Obama va Baydenni mazax qiluvchi lavhalar o‘rnatildi
16:40 / 18.12.2025
«Yevropalik cho‘chqachalar qulashimizdan umid qilgan» - Putin Bayden ma’muriyati va yevropaliklarni urushni boshlashda aybladi
18:10 / 29.11.2025