Rossiya Markaziy banki valuta bozori to‘liq Xitoyga tobe bo‘lib qolganini ta’kidladi
Bir paytlar yillik 300 trln rubl aylanma bilan Yevropadagi eng yirik bozor hisoblanagan Moskva birjasining valuta bozori faqat bittagina valuta bilan ishlay oluvchi «ayriboshlash shoxobchasi» darajasigacha tanazzulga uchradi.

Foto: Getty Images
Birjaga va uning asosiy hisob-kitob tuzilmalari — Milliy kliring markazi va Milliy hisob depozitariysiga nisbatan Amerika sanksiyalari joriy etilgach, Xitoy yuani birja valuta bozorining 99,6 foizini egallab oldi, deyiladi Markaziy bankning iyul oyidagi «Moliya bozorlaridagi risklar sharhi» hisobotida.
Rossiya Ukrainada urush boshlagunga qadar Moskva birjasidagi valuta oldi-sotdilarining atigi 3,5 foizi yuan hissasiga to‘g‘ri kelardi. 2024 yilning boshida bu ko‘rsatkich 50 foizgacha ko‘tarilgan. Endi esa Rossiyaning asosiy savdo maydonchasida yuandan boshqa deyarli hech narsa qolmadi. Bozorning qolgan 0,4 foiz qismini «do‘stona» davlatlarning valutalari egallagan. Ularning orasida Balarus rubli va Qozog‘iston tangasi kabilar bor va ularning kursini Mosbirja bosh sahifasiga joylashtirib qo‘ygan.
Shuningdek, ikki yil avval zararli dollar va yevroga muqobil sifatida ko‘rilgan Turkiya lirasi bilan ham savdolar davom etmoqda, lekin bu savdolar miqyosi shitob bilan tushib bormoqda. Agar o‘tgan yili lira bilan oyiga 50 mlrd rubllik (kuniga 2 mlrd rubl) savdo bo‘lgan bo‘lsa, endi aylanmalar qariyb 100 barobarga tushib ketgan — kuniga 20–30 mln rubl.
Tavsiya etamiz
Modrich «Real»ni tark etadi
Sport | 20:38 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
Jahon | 15:40 / 22.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
Jahon | 21:49 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
Jahon | 21:32 / 21.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston va Qozog‘iston 4 ta chegara postida yangi yuk avtomobillari harakatini yo‘lga qo‘ymoqchi
O‘zbekiston | 21:27
-
Hindistonda kuchli yomg‘ir oqibatida kamida 45 kishi halok bo‘ldi
Jahon | 21:17
-
Rossiya va Ukraina 390 nafar asirni almashtirdi
Jahon | 21:14
-
Turkiyada 2016 yilgi davlat to‘ntarishiga aloqador o‘nlab harbiylar hibsga olindi
Jahon | 21:12
Mavzuga oid

08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi

17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi

14:54 / 12.05.2025
Rossiya TIV: Avval Istanbuldagi muzokaralar, keyin - sulh mavzusi

13:00 / 12.05.2025