Sement ishlab chiqaruvchilar arzon sement sotayotgan Andijondagi zavod ustidan shikoyat qildi
Tsement ishlab chiqaruvchilarning Raqobat qo‘mitasiga kiritgan arznomasiga ko‘ra, Buloqboshi tumanidagi zavod tannarxdan past narxlarda sement sotyapti, natijada qolgan korxonalar bankrotlik yoqasiga kelib qolyapti. Shikoyatga asosan bu holatda demping alomatlari bor-yo‘qligi ko‘rib chiqilmoqda. Qo‘mita raisi sohadagi kompaniyalar vakillari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
Raqobat qo‘mitasi raisi Xalilillo To‘raxo‘jayev Farg‘ona viloyatida sement ishlab chiqarish sohasidagi tadbirkorlik sub’yektlari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
Qo‘mita xabariga ko‘ra, Andijon viloyatidagi “Shangfeng-bridge of friendship” MChJ tomonidan ichki bozorga tannarxdan past narxlarda sement realizatsiya qilinayotgani va buning oqibatida qolgan korxonalar bankrotlik yoqasiga kelib qolayotgani yuzasidan boshqa tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan qo‘mitaga murojaat kelib tushgan.
Shunga asosan, bu holatda demping alomatlari mavjudligini komission tartibda ko‘rib chiqish uchun Raqobat qo‘mitasi tomonidan kompaniyaga so‘rov kiritilgan, lekin bu ma’lumotlar vaqtida taqdim etilmagani sababli ayni vaqtda MChJga nisbatan belgilangan tartibda ish qo‘zg‘atilgan.
Ochiq muloqotda Farg‘ona, Andijon va Namangan viloyatlarida faoliyat olib boruvchi 13 ta sement ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik sub’yekti vakillari ishtirok etdi. Ular o‘zlarini qiynab kelayotgan sohadagi 5 ta asosiy muammoni ko‘tardi. Ko‘tarilgan muammolar yuzasidan holatni batafsil o‘rganib chiqib, hukumatga aniq asoslantirilgan takliflar kiritilishi tadbirkorlarga tushuntirildi, deyiladi rasmiy xabarda.
Mavzuga oid
11:07 / 18.12.2024
Bir qator nodavlat ta’lim muassasalarida qonunbuzarliklar aniqlandi
17:42 / 16.12.2024
7,2 mlrd so‘mlik tender savdolari ixtiyoriy ravishda bekor qilindi
12:22 / 13.12.2024
Raqobat qo‘mitasi Yandex Go’ni ogohlantirdi
16:39 / 27.11.2024