Ukraina «töliq Yevroatlantika integratsiyasi, jumladan NATOga a’zolik böyiça ortda qaytmas yölda», deyiladi alyansning Vaşingtonda ötkazilgan sammiti yakunida e’lon qilingan kommyunikeda. Uning matnida Kiyevni bu yölda qöllab-quvvatlaş va’dasi bayon etilgan; Ukrainaga alyansga qöşiliş böyiça taklif «ittifoqçilar rozilik berganida va şartlar bajarilganida» yuboriladi.

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy ham delegatsiya bilan Vaşingtonga keldi va iştirokçi mamlakatlar vakillari bilan ikki tomonlama muzokaralar ötkazdi. Sammit vaqtida AQŞ, Niderlandiya va Daniya Kiyevga F-16 qiruvçi samolyotlarini yetkazib bergani e’lon qilindi. 

11 iyul kuni keçqurun esa Zelenskiyning Bayden bilan uçraşuvida Ukrainaga 225 million dollarlik yangi harbiy yordam paketi e’lon qilindi. Undan Patriot zenit-raketa kompleksi batareyalari, NASAMS havo hujumidan mudofaa tizimlari uçun snaryadlar hamda boşqa öq-dorilar örin olgan.

Sammit boşlanişidan oldinroq Ukraina AQŞning uzoq masofali ATACMS raketalaridan Rossiyaning xalqaro tan olingan hududlari böylab zarbalar berilişiga ruxsatini olişdan umidvor edi, ammo bu borada qandaydir kelişuvga erişilgani töğrisida heç qanday xabar çiqmadi — rasman ham, norasmiy tarzda OAV orqali ham.

Sammit yakunlariga köra, Rossiyani kelgusida ham saqlanib qoladigan «xavfsizlikka eng muhim va töğridan töğri tahdid» deb ataldi. Kommyunikeda «global xavfsizlikka jiddiy putur yetkazgan» Ukrainadagi uruş uçun faqatgina Moskva javobgar ekani ta’kidlanadi. «Biz Rossiyaning 8 iyul kuni ukrain xalqiga, şu jumladan şifoxonaga qilingan dahşatli hujumlarini keskin qoralaymiz. Rossiya bu uruşni zudlik bilan töxtatişi va BMT Boş Assambleyasining rezolyutsiyalariga muvofiq öz kuçlarini Ukrainadan töliq va sözsiz olib çiqişi kerak», — deyilgan bayonotda.

Şu bilan birga, kommyunikeda NATO Rossiya bilan qarama-qarşilikka intilmasligi va unga tahdid solmasligi ta’kidlanadi. Alyans mamlakatlari keskinlaşuv xavfini kamaytiriş uçun Moskva bilan aloqa kanallarini saqlab qolişga tayyorligini bildirgan.

Sammit iştirokçilari Xitoyni qattiq tanqid qilgan. Yakuniy deklaratsiyada Pekin «alyansning manfaatlari, xavfsizligi va qadriyatlariga qarşi çiqişda davom etayotgani» qayd etilgan. Ittifoqçilar birinçi marta Xitoyni uruşda Rossiyani qöllaşda oçiqçasiga ayblab, Pekin tomonidan RFning «mudofaa sanoati bazasini keng miqyosda qöllab-quvvatlanişi»ga e’tibor qaratgan.

Xitoy bunga javoban, barça ayblovlarni qat’iyan rad etib, ularni «noxolis, tuhmat va provokatsion» deb hisoblagan hamda alyans «sovuq uruş qoldiği» ekanini qöşimça qilgan. Xitoy TIV AQŞni «tuhmatli yolğon» işlab çiqarişda va Pekinning Yevroittifoq bilan hamkorligiga putur yetkazişga urinişda ayblagan. Taşqi siyosat idorasi alyansdan Osiyoni öz faoliyat sohasiga jalb etmasdan, «Şimoliy Atlantikadagi mintaqaviy mudofaa taşkiloti sifatidagi roli doirasida qoliş»ni talab qilgan.