Jamiyat | 19:00 / 17.07.2024
18491
4 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Britaniyaning MG avtomobil brendi O‘zbekiston bozoriga kirib kelmoqda

Foto: Morris Garages

MG (Morris Garages) – Britaniyada yaratilgan avtomobil markasi O‘zbekiston bozoriga rasman kirib kelmoqda. Ushbu brendning eksklyuziv distribyutori bo‘lgan Machinery Motors Investment Group 2024 yilning kuzida avtomobillar savdosi boshlanishini ma’lum qildi.

Yuqori sifat va zamonaviy dizayn mutanosibligi

1924 yilda Buyuk Britaniyada asos solingan MG brendi dunyo bo‘ylab mashhur bo‘lib, o‘zining yuqori sifati va zamonaviy dizayni bilan avtomobil ishqibozlarining e’tiborini tortadi. Brend o‘zining sport rodsterlari bilan jahonga yetakchiga aylandi – MG sportkarlari tezligida o‘rnatilgan rekordlar 40 yillab o‘z mavqeyini saqlab qoldi. Kompaniya avtomobillari nafaqat ishonchli va bexavotir, balki yuqori darajadagi texnologiyalar bilan jihozlangan.

Mazkur rusumdagi avtomobillar 2007 yildan beri Xitoyda ishlab chiqariladi va Xitoyning SAIC davlat konserniga tegishli. Kompaniya Xitoyda bir nechta Yevropa va Xitoy markalarini ishlab chiqaradi. 2023 yilda SAIC butun dunyo bo‘ylab 7 000 000 dan ortiq avtomobil sotdi, ulardan 1 000 000 tasi MG markasidagi avtomobillar edi.

Modellar

Sotuv boshlanishida markaning modellar qatorida 4 ta model taqdim etiladi:

– MG ZS ixcham krossoveri;

– MG HS o‘rta o‘lchamli krossoveri;

– MG 7 sport liftbeki;

– Cyberster elektr rodsteri;

– Birozdan keyin MG4 EV elektr xetchbeki ham qatordan joy oladi.

Machinery Motors Investment Group'ning bayonotiga ko‘ra, MG avtomobillarini O‘zbekiston bozoriga kiritish orqali mijozlarga yanada ko‘p tanlov imkoniyati taqdim etiladi. Ushbu kompaniya 2024 yilning kuzida rasman avtomobillar savdosini boshlashni rejalashtirmoqda. Ayni paytda O‘zbekiston Respublikasida avtomobillar sertifikatlash jarayonidan o‘tmoqda. Avtomobillarning texnik tavsiflari va ularning narxlari haqida batafsil ma’lumotlar sotuv boshlanishiga yaqin sanalarda paydo bo‘ladi.

5 yil yoki 150 000 km kafolat

O‘zbekistonda MG avtomobillarining savdosi Machinery Motors Investment Group tomonidan amalga oshiriladi. Bu kompaniya avtomobillar bozorida katta tajribaga ega bo‘lib, mijozlarga sifatli xizmat ko‘rsatishni o‘z oldiga maqsad qilgan.

O‘zbekiston Respublikasida rasmiy dilerlar tomonidan sotiladigan barcha avtomobillar ishlab chiqaruvchi tomonidan 5 yil yoki 150 ming kilometr (qaysi biri birinchi kelsa) kafolati bilan ta’minlanadi.

Barcha rasmiy dilerlarda ishlab chiqaruvchilar standartlariga muvofiq avtomobillarga xizmat ko‘rsatish uchun xizmat ko‘rsatish shoxobchalari bo‘ladi.

Dilerlar

Savdo boshlanishiga qadar Toshkentdagi bir nechta rasmiy dilerlar mijozlar uchun o‘z eshiklarini ochadi. Yaqin kunlarda Samarqand, Namangan va boshqa shaharlarda ham dilerlar paydo bo‘ladi.

 «Bizda 2024 va 2025 yillar uchun savdo hajmi va dilerlar soni bo‘yicha ulkan rejalar mavjud. Shu sababli biz salonlarni ochish uchun yangi hamkorlar bilan hamkorlik qilishga tayyormiz, ayniqsa Toshkentdan tashqarida», — dedi distribyutorning bosh direktori Konstantin Valixovskiy.

SAIC ishlab chiqaruvchisi vakili O‘zbekistonda markani rivojlantirish rejalari haqida shunday dedi: «Biz O‘zbekiston avtomobil bozorining kelgusida o‘sishiga ishonamiz. Bizning rejalarimiz bu yerda uzoq muddatga qolishni o‘z ichiga oladi. Yaqin kelajakda avtomobil ishlab chiqarishni ochish imkoniyatini ham ko‘rib chiqyapmiz. Ishonchimiz komilki, mijozlar avtomobillarimiz sifati va dizaynini, shuningdek, xizmat ko‘rsatishning sifat jihatidan yangi darajasini yuqori baholaydilar».

Machinery Motors Investment Group o‘zining professional jamoasi bilan MG avtomobillarining savdosi va xizmat ko‘rsatishini yuqori darajada amalga oshirishiga ishonch bildirmoqda.

Sayt: mg-motor.uz

Instagram: instagram.com/mgmotoruzbekistan?igsh=cDN2ZDVlM2o2MzRt

Telegram: t.me/MG_Motor_Uz

Reklama