O‘zbekistonda soatlik va kunlik elektr energiyasi iste’moli rekordi yangilandi
Kuzatilayotgan anomal issiq ob-havo sharoitida elektr energiyasiga bo‘lgan talab hafta davomida 16,5 mln KW•h yoki o‘rtacha 7,1 foiz oshgan. 25 iyul kuni soat 15:47 da O‘zbekiston energotizimida iste’mol quvvati 11 822 MWʼni tashkil qilgan. Mazkur ko‘rsatkich yoz davri uchun tarixdagi absolyut rekord hisoblanadi.

Foto: Kun.uz
O‘zbekistonda 25 va 26 iyul kunlari energotizim bo‘yicha mutlaq tarixiy rekord ko‘rsatkichlar yangilangan. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 25 iyul kuni soat 15:47 da havo harorati +39,7 darajada (Toshkent shahrida) O‘zbekiston energotizimida iste’mol quvvati 11 822 MW’ni tashkil qilgan. Mazkur ko‘rsatkich yoz davri uchun tarixdagi absolyut rekord bo‘lib, 2023 yil 28 iyulda (+40 daraja) qayd etilgan eng yuqori iste’molga nisbatan 343 MW ko‘p bo‘lgan.
Shuningdek, 26 iyul kuni yozgi maksimal sutkalik elektr energiyasi iste’moli 253,3 mln KW•hʼni tashkil etib, 2023 yil 28 iyul kungi yozgi maksimal iste’moldan 0,9 mln KW•h ko‘p bo‘lgan.
Toshkent shahrida 26 iyul kuni absolyut tarixiy rekord iste’mol quvvati soat 14:27 da kuzatilib, 1705 MW’ni tashkil etgan. Bu o‘tgan yil 27 iyul (+40,1 daraja) kunida kuzatilgan maksimal iste’molga nisbatan 97 MW ko‘pdir.
Anomal harorat fonida havo va kabel elektr uzatish liniyalarining o‘tkazuvchanlik qobiliyati pasayishi sababli poytaxtning alohida elektr tarmoq xo‘jalik obektlarida (soat 11:00 dan soat 17:00 gacha) o‘ta kuchli yuklanishlar qayd etilgan. Mazkur holat tizimli avariyalarning rivojlanishiga yo‘l qo‘ymaslik va poytaxt iste’molchilarning tartibsiz ommaviy uzilishlarining oldini olish maqsadida Toshkent shahar iste’molchilariga qisqa muddatli vaqtinchalik cheklovlar kiritishni talab etgan.
“Iste’molchilardan tarmoqda keng ko‘lamli nosozliklar yuzaga kelishining oldini oladigan, ancha uzoq vaqt tuzatishni talab qiladigan holgacha yetib bormaslik uchun qisqa muddatga elektr energiyasini uzib turishga to‘g‘ri keladigan bunday zaruriy choralar bugun o‘ta muhim ekanini to‘g‘ri tushunishlarini so‘raymiz”, deyiladi vazirlik xabarida.
Qayd etilishicha, ayni paytda kunduzgi soatlarda energotizimda jami 1300 MW zaxira quvvatlari mavjud bo‘lib, iste’mol talabining qariyb 1900 MW qismi yoki 16 foizi quyosh fotoelektr stansiyalari hisobidan qoplanmoqda.
Tavsiya etamiz
«Quvur operatsiyasi»: ruslar uni «urushdagi burilish nuqtasi» deyishmoqda
Jahon | 23:40 / 11.03.2025
Amaldorlar “mahalliy” xizmat avtomobillariga o‘tkazilmoqda
O‘zbekiston | 16:34 / 11.03.2025
Firibgarlar o‘g‘irlagan pullarni qaytarib bo‘lmaydimi?
O‘zbekiston | 15:27 / 11.03.2025
«Tashabbusli budjet» loyihalariga ovoz berish boshlandi
O‘zbekiston | 00:58 / 11.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Bosh prokuraturada jinoyatchilikning oldini olish masalasida idoralararo yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston | 13:20
-
«Credit House» ishi: Minglab odamlar uysiz va pulsiz qolyapti
O‘zbekiston | 12:30
-
Vengriya va O‘zbekiston olimlari yangi dori vositasini ishlab chiqarish ustida ishlamoqda
Fan-texnika | 12:27
-
Toshkentda o‘quvchi qizga shilqimlik qilgan o‘qituvchi 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 12:23
Mavzuga oid

16:51 / 08.03.2025
Chiqindidan qarzdorlarning svet uchun to‘lov qilishini cheklash haqidagi qonun imzolandi

19:06 / 03.03.2025
Energetika vazirligiga elektr va gaz bo‘yicha ijtimoiy me’yorlar muddatini o‘zgartirish vakolati berildi

16:47 / 03.03.2025
Elektr va gaz uchun ijtimoiy limit qayta ko‘rib chiqilishi kerak

20:42 / 21.02.2025