Sport | 20:19 / 28.07.2024
11688
2 daqiqa o‘qiladi

Diyora Keldiyorova olimpiada finaliga chiqdi

U yarimfinalda fransiyalik Amandin Byusharni ham mag‘lub etdi va O‘zbekiston uchun ilk medalni naqd qildi.

Foto: Milliy olimpiya qo‘mitasi

O‘zbekiston delegatsiyasi Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlaridagi dastlabki medalini naqd qildi.

-52 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan dzyudochi Diyora Keldiyorova yarimfinalda mezbonlar vakili, Tokio Olimpiadasi finalchisi, uch karra Yevropa chempioni Amandin Busharni mag‘lubiyatga uchratishga muvaffaq bo‘ldi.

Endi u oltin uchun Tokio Olimpiadasi g‘olibi (-48 kg vaznda), kosovolik Distria Krasnichiga qarshi gilamga chiqadi. Kosovolik sportchi yarimfinalda Olimpiada o‘yinlarining ikki karra sovrindori, italiyalik Odette Jyuffridani mag‘lub etdi.

Keldiyorova hozirning o‘zida tarix yozdi va kamida kumush medalni naqd qilgan holda yozgi Olimpiya o‘yinlari tarixida eng yaxshi natija qayd etgan o‘zbekistonlik ayol bo‘ldi.

Bungacha yozgi Olimpiya o‘yinlarida Yekaterina Hilko bronza medal qo‘lga kiritgan (Pekin-2008, trampolinda sakrash) va ayollar orasida medal olgan yagona sportchi edi.

  • Avvalroq, 26 yoshli o‘zbekistonlik dzyudochi nimchorakfinaldayoq yaponiyalik amaldagi Olimpiada chempioni Ute Abening 5 yillik mag‘lubiyatsiz seriyasiga barham berib, uni turnirdan chiqarib yuborgan, chorakfinalda germaniyalik Masha Ballhausni mag‘lub etgandi.
  • Ma’lumot uchun, Keldiyorova Tokio-2020 Olimpiadasida ishtirok etib, dastlabki bosqichda turnirni tark etgandi.

Mavzuga oid

E`lonlar

Sharjada o‘tkazilgan Xalqaro olimpiadada "Al-Jabr" maktabi o‘quvchilari yuqori natijalarga erishdi

Kelajak uchun bitim: MARS IT School bolalar uchun IT-ta’limni rivojlantirishning yangi bosqichiga chiqyapti

"O‘zbekinvest" kompaniyasi tomonidan "Yashil makon" umummilliy dasturi doirasida Qibray tumanida bog‘ yaratildi

Iteca Exhibitions: 2024-yilda O‘zbekistonning iqtisodiy o‘sishi va xalqaro e’tirofi drayveri

Octobank yana bir bor O‘zbekistonda raqamli to‘lov yechimlari sohasida yetakchi deb topildi

Yandex Uzbekistan O‘zbekistonda endilikda biznes muloqotlarini amalga oshirish uchun Yulduz va Lola ovozlarini taqdim etdi