«Onasini emsin» - Toshkentda noodatiy reklama bannerlari paydo bo‘ldi
Bu Butunjahon emizish haftaligi (1–7 avgust) uchun axborot kampaniyasining bir qismi ekani ma’lum bo‘ldi. Tashabbuskorlar shu tariqa haqorat so‘ziga aylangan iboraga «asl ma’no»ni qaytarishga qaror qilgandi.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Toshkent shahrida o‘tgan bir sutka ichida LED-ekranlarda paydo bo‘lgan «Onasini emsin» jumlasi ko‘pchilik e’tiborini tortdi. O‘rganishlar davomida bu «Go‘daklarni ko‘krak suti bilan boqishni qo‘llab-quvvatlash butunjahon haftaligi» dorasidagi axborot kampaniyasining bir qismi ekani ma’lum bo‘ldi. Tashkilotchilar shu orqali so‘kinishga aylanib ketgan jumlaga «birlamchi ma’nosi»ni qaytarishga uringan.
Har yili 1-7 avgust kunlari «Go‘daklarni ko‘krak suti bilan boqishni qo‘llab-quvvatlash butunjahon haftaligi» deb e’lon qilinadi.
Bunday tadbirlar JSST va YuNISEF tashkilotlarining 1990 yilda qabul qilingan Innochent deklaratsiyasi asosida go‘daklarni ko‘krak suti bilan boqishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida deyarli yer yuzining 170 dan ortiq mamlakatlarida har yili tashkil etiladi.
O‘zbekistonda sut o‘rnini bosuvchi mahsulotlarni reklama qilish qonun hujjatlarida taqiqlanganiga qaramay, bunday mahsulotlar reklamasi va ularni internetda targ‘ib qilish davom etmoqda, bu esa ona suti o‘rnini bosuvchi mahsulotlarga bo‘lgan talabni sun’iy ravishda oshirishga xizmat qilyapti.
O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligining Delivery Unit ofisi ona suti bilan oziqlantirishning afzalliklari haqida axborot kampaniyasini o‘tkazish tashabbusi bilan chiqqan. Kampaniyaning maqsadi — chaqaloq va ona uchun emizishning foydalari haqidagi bilimlarni oshirish, yosh ota-onalarni emizishni boshlash hamda davom ettirishga undashga yordam beradi.
Axborot kampaniyasining maqsadli auditoriyasi yosh ota-onalar bo‘lgani sababli, uning elementlaridan biri «Onasini emsin — bu so‘kinish emas, shifokor tavsiyasi» yozuvi bilan tizer bannerlar edi.
Tavsiya etamiz
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50 / 13.04.2025
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00 / 12.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Pfizer nojo‘ya ta’sirlar tufayli semirishga qarshi dori ishlab chiqishni to‘xtatadi
Jahon | 23:23
-
Leapmotor importiga ruxsat berildi, lekin shartlari bor
Iqtisodiyot | 22:54
-
Sumiga zarba: Moskva, Kiyev va Vashington nima dedi?
Jahon | 22:30
-
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
O‘zbekiston | 22:26
Mavzuga oid

18:19 / 01.04.2025
O‘zbekiston ayollar salomatligi global indeksida uch pog‘ona yuqoriladi

08:40 / 26.03.2025
Rossiyada Instagram va Facebookʼda reklama joylash taqiqlandi

16:55 / 25.03.2025
Ko‘zga ohak yoki yot jism kirganda nima qilish kerak? Mutaxassis javob berdi

16:24 / 22.03.2025