Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada YouTube bilan bog‘liq muammolar sabab «VK Video»ni yuklab olish keskin oshib ketdi
O‘tgan bir sutka ichida ilovani yuklab olish 250 ming martagacha oshgan va foydalanuvchilarning unda o‘rtacha vaqt o‘tkazish davomiyligi 25 foizga oshgan.

Foto: Izvestiya
Rossiyada bir sutka ichida «VK Video» ilovasini yuklab olish 250 ming martagacha oshdi. Avgust oyining birinchi haftasida ushbu ilova iyul oyidagi o‘rtacha ko‘rsatkichlar bilan taqqoslaganda 4,5 barobar ko‘proq o‘rnatilgan.
Qayd etilishicha, avgustdan boshlab foydalanuvchilar platformada ko‘proq vaqt o‘tkazishni boshlagan. Oyning dastlabki haftasida ilova orqali videokontentni tomosha qilish sutkalik vaqti o‘tgan oyning o‘rtacha ko‘rsatkichlariga nisbatan 25 foizga oshgan. Umumiy hisobda bu 10,5 million soatdan ko‘p demak.
«VK Video»da qidiruv so‘rovlari ham keskin — birdaniga 86 foizga oshgan. Foydalanuvchilar asosan ko‘ngilochar shoular va blogerlar kanallarini, ilmiy-ommabop hamda ta’limga doir kontentlarni qidirmoqda. Eng ko‘p qidiruv so‘rovi berilayotgan mavzular orasida Parijda o‘tkazilayotgan Olimpiada o‘yinlariga oid yangiliklar, musiqiy kontent hamda hujjatli filmlar ham bor.
Bundan oldin «VK Video» Rossiyada eng ko‘p yuklab olingan ilovalar orasida birinchi o‘ringa ko‘tarilgan edi. Bunga mamlakatda YouTube faoliyatida kuzatilayotgan muammolar sabab bo‘lmoqda. AppStore’da «VK Video»dan keyin eng ko‘p yuklanayogan ilovalar orasida Rutube hamda TikTok bor.
Avvalroq Rossiyada YouTube videoxostingi muqobili sifatida ishlab chiqilgan «Platforma» mamlakatda Google servislari bloklanishi boshlangach ishlamay qolgani to‘g‘risida xabar berilgandi. «Platforma» Rossiyada 2024 yilning iyunida YouTube’ning o‘rnini bosuvchi videoxosting sifatida ishga tushirilgan. Rteam kompaniyasi dasturchilari yangi videoservisning interfeysi va funksionalligini maksimal darajada YouTube’ga o‘xshash qilib yaratgan. Rossiya Davlat dumasi deputati Aleksandr Xinshteynga ko‘ra, Rossiyada YouTube’ga kirish tezligi 70 foizgacha tushib ketgan.
Tavsiya etamiz
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 15:18 / 15.07.2025
Bank kartalardan 1 mlrd so‘mga yaqin pullarni o‘zlashtirgan jinoiy guruh qo‘lga olindi
Jamiyat | 21:42 / 14.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Barselona» dunyoning eng qashshoq davlatidan 44 million yevro oladi
Sport | 23:49 / 16.07.2025
-
AQSh xavotirda: BRICS G‘arb gegemoniyasini yiqitadimi?
Jahon | 23:14 / 16.07.2025
-
Ko‘kdaladagi portlash, Qoraqalpog‘istonda anomal harorat va Mirobodda ushlangan podpolkovnik – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:06 / 16.07.2025
-
Germaniyani jahon chempioni qilgan murabbiy O‘zbekiston bilan ishlashi mumkin
Sport | 22:44 / 16.07.2025
Mavzuga oid

23:14 / 16.07.2025
AQSh xavotirda: BRICS G‘arb gegemoniyasini yiqitadimi?

22:11 / 16.07.2025
Yevropa bo‘ylab hujumlarda ishtirok etgan rossiyalik hakerlar guruhi qo‘lga olindi

16:31 / 16.07.2025
«Harbiy hamkorlik rejasiga muvofiq» - Surxondaryoda O‘zbekiston va Rossiya harbiylari mashg‘ulot boshladi

12:04 / 16.07.2025