O‘zbekiston | 09:00 / 12.08.2024
1912
5 daqiqa o‘qiladi
Reklama

«Marillion» xalqaro konsalting kompaniyasi Toshkentda o‘z ofisini ochdi

Buxgalteriya hisobi autsorsingi va soliq konsaltingiga ixtisoslashgan «Marillion» xalqaro kompaniyasi Toshkentda o‘z ofisini ochganini e’lon qildi. O‘zbekistonda biznesni rivojlantirish, o‘zbek va xalqaro kompaniyalarni qo‘llab-quvvatlashni rejalashtirmoqda.

Foto: Marillion

Zamonaviy tashkilot nafaqat mijozlarning kutilmalarini tushunishi, balki bir qadam oldinda o‘ylashi kerak. «Marillion» kompaniyasining katta hamkori Daniil Berlizovning ta’kidlashicha, uning jamoasi ish tamoyili mijozlarga to‘plangan bilim va tajribadan foydalanish imkoniyatini taqdim etishda, shuningdek, ularning kutganlaridan ko‘prog‘ini berishga intilishdadir. Kompaniya mijozlar va maslahatchi o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yaratishga yo‘naltirilgan xizmatlar bozorida yangi madaniyatni faol ravishda targ‘ib qilmoqda. «Marillion» kompaniyasining MDH mamlakatlaridagi 30 yildan ortiq tajribasi kompaniyaga biznes-muhitga chuqur kirib borish va uning rivojlanishiga hissa qo‘shish imkonini beradi.

O‘zbekistonda biznes faollik jadal sur’atlar bilan o‘sib bormoqda, shu bilan birga qonunchilik o‘zgarib, tartibga soluvchi nazorat kuchaymoqda. Quyida e’tiborga loyiq bo‘lgan dolzarb trendlar tavsifi keltirilgan.

Bugungi kunda ko‘plab korxonalar o‘z ishlarida autsorsingdan foydalanmoqda. Buxgalterlik funksiyasi haqida gapirilsa, eng osoni ish haqini hisob-kitob qilish va kadrlar bilan ishlash bo‘lib, bu buxgalterlik jamoasidan yuklamani olib tashlashi va maxfiy ma’lumotlar xavfsizligini oshirishi mumkin. Bunda ishonchli hamkor tanlash, uning tajribasi, obro‘si va amalga oshirilgan loyihalari bilan tanishish muhimdir.

Toshkent biznesni jalb qiladigan yangi markazga aylandi va bu yerda ko‘plab xalqaro kompaniyalar o‘z ofislarini ochdi. Ularning aksariyati xorijdagi tegishli kompaniyalardan tovar va xizmatlar sotib oladi, bu holda bunday amaliyotlarni transfert narxlash nuqtai nazaridan tahlil qilish zarur. Bu boshqa mamlakatlarda sho‘’ba korxonalari bo‘lgan O‘zbekiston kompaniyalari uchun ham dolzarbdir. 2022 yil boshidan kuchga kirgan transfert narxlash (TN) qoidalari keng ko‘lamli yangilik bo‘lib, xolding tuzilmalariga tegishli barcha soliq to‘lovchilarga ta’sir ko‘rsatmoqda. O‘zbekistonda TNning muhim qoidalari TN sohasidagi metodologik hujjatlarni, birinchi navbatda, IHHTTning TN bo‘yicha yo‘riqnomasini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. Shu bilan birga, mahalliy qoidalarga MDHga a’zo boshqa mamlakatlar tajribasi ham ta’sir ko‘rsatdi, ular avvalroq “qo‘l uzunligida” tamoyilini joriy qildilar. «Marillion» MDH mamlakatlarida TN bilan ishlash bo‘yicha katta tajribaga ega va qonunchilikka rioya qilish soliq to‘lovchilarga soliq yuklamasini optimallashtirish va umuman o‘z faoliyati samaradorligini oshirish imkonini berishini biladi.

Ma’lumki, O‘zbekistonda Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari (MHXS) joriy etish davom etmoqda. Joriy yilning iyun oyi oxirida Soliq qo‘mitasi yirik soliq to‘lovchilarni aniqlash mezonlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida qaror qabul qildi. “Marillion” bosh hisobchisi Svetlana Xen qayd etadi: «Ushbu toifaga kiruvchi tashkilotlar ro‘yxati kengaytirildi, endi ular Mintaqalararo soliq inspeksiyasi tasarrufiga o‘tadi va MHXS bo‘yicha hisobotlarni topshirishi kerak bo‘ladi». Bu moliya jamoasiga yuklamaning ortishiga olib keladi va qo‘shimcha vakolatlarni talab qiladi.

Daniil Berlizov, «Marillion» kompaniyasining katta hamkori

«Marillion» o‘tishni amalga oshirgan mahalliy kompaniyalarni, shuningdek, guruh talabiga ko‘ra MHXS hisobotlarini taqdim etuvchi xalqaro kompaniyalarning sho‘’ba korxonalarini qo‘llab-quvvatlaydi va 2024-yil avgust oyi oxirigacha ushbu sohadagi xizmatlarga 20% chegirma taqdim etadi. «Kompaniyamiz o‘z amaliyotini kengaytirishda, biznes muammolarni hal qilishda faol pozitsiyasini saqlab qolishda va rivojlantirishda, shuningdek, birgalikda rivojlanish va o‘sish uchun hamfikrlarni izlashda davom etadi», - deya ta’kidladi Daniil Berlizov.

marillion.uz | telegram | LinkedIn

Reklama huquqi asosida