O‘zbekiston | 17:00 / 13.08.2024
6661
3 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Yangilangan HAVAL Jolion’ning Toshkentdagi taqdimoti: Zamonaviylik va qulaylikning yangi darajasi

Foto: HAVAL

2024 yilning 10 avgust kuni HAVAL avtomobil brendining O‘zbekistondagi rasmiy distribyutori bo‘lgan ADM Global kompaniyalar guruhi tomonidan yangilangan HAVAL Jolion’ning taqdimoti o‘tkazilib, taqdimotda krossoverning sotuvlari boshlanganligi e’lon qilindi. Jihozlanish va dizaynidagi barcha takomillashtirishlarga qaramay, barcha komplektatsiyalarning narxlari o‘zgarishsiz qoldi, bu esa avtomobilni xaridorlar uchun yanada jozibador tanlovga aylantiradi.

Ta’kidlash joizki, yangi modelga buyurtmalar iyul oyidanoq tusha boshladi. 10 avgust sanasidagi krossoverlarning ilk topshirilishi avtomobillarning birinchi sohiblariga quvonch va unutilmas his-tuyg‘ular baxsh etdi.

Yangilangan HAVAL Jolion o‘zining yangi dizaynerlik yechimlari va oldingi versiyasiga nisbatan kiritilgan funksional o‘zgartirishlari bilan hayratga soladi. Kiritilgan o‘zgartirishlar qatorida – radiatorning yangicha uslubdagi panjarasi va ortni ko‘rish ko‘zgularidagi so‘nggi urfdagi qora rang qo‘shimchalar, g‘ildirak arkalari kengaytirgichlari, spoyler mavjud. Ushbu elementlar avtomobilga zamonaviy va yo‘ltanlamas avtomobilga xos qiyofa baxsh etadi. Bundan tashqari, orqa oynasida o‘rnatilgan qo‘shimcha stop signalga ega bo‘lgan katta spoyler avtomobilning aerodinamik xususiyatlarini yaxshilab, uning qiyofasini shiddatli va dinamik qiladi. Endi barcha komplektatsiyalar yorug‘li diod faralar bilan jihozlangan bo‘lib, bu yo‘lning yoritilishini sezilarli darajada yaxshilaydi va xavfsizlikni orttiradi. Avtomobilning ichki qismida ham sezilarli takomillashtirishlar yuz berdi: balandligi va chiqarilishi bo‘yicha sozlanadigan rul va o‘rindiqning elektr privodi haydovchining qulay joylashuvini ta’minlaydilar. Ikki zonali iqlim nazorati, isitilish va ventilyatsiya bilan jihozlangan qulay o‘rindiqlar avtomobil tashqarisidagi ob-havo sharoitlaridan qat’i nazar, har bir sayohatdan zavqlanish imkonini beradi. 64 rangdan tanlash imkoniyatiga ega bo‘lgan yangi atmosferaviy yoritilish salon ichida noyob muhitni yaratadi.

Yangilangan HAVAL Jolion komplektatsiyalarining narxlari o‘zgarishsiz qoldi:

● COMFORT – 269 900 000 so‘m;

● PRESTIGE – 292 900 000 so‘m;

● PREMIUM – 319 900 000 so‘m.

Yangilangan HAVAL Jolion kompaniyaning yuqori sifatni ta’minlash va zamonaviy haydovchilarning ehtiyojlarini qondirishga bo‘lgan intilishini namoyish etadi. Toshkent shahrida o‘tkazilgan taqdimot yangilikning barcha afzalliklarini ko‘rish va ularga baho berish uchun ajoyib imkoniyatni taqdim etdi.

HAVAL krossoverlarining xususiyatlari, mavjud komplektatsiyalari va narxlari bilan haval.uz saytida tanishishingiz mumkin.

HAVAL’ning axborot liniyasi: +998 (71) 287-88-88

E-mail | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid