Litva dronlar va boshqa harbiy ehtiyojlar uchun yana 130 mln yevro ajratdi
Boltiqbo‘yi davlatining mudofaa ehtiyojlariga sarflanadigan xarajatlar 2024 yilda YaIM 3,2 foizigacha oshadi.
Litva hukumati dronlar va boshqa harbiy ehtiyojlar uchun yana 130 million yevro ajratdi, deb xabar beradi DELFI.
Shunday qilib, 2024 yilda Boltiqbo‘yi davlatining mudofaa ehtiyojlariga sarflanadigan xarajatlar yalpi ichki mahsulot 3,2 foizigacha ko‘tariladi, deya ta’kidlagan agentlik mudofaa vaziri Laurinas Kashchyunasning so‘zlaridan iqtibos keltirgan holda.
Vazirning so‘zlariga ko‘ra, ushbu qarordan keyin Litva bu ko‘rsatkich bo‘yicha NATO davlatlari orasida to‘rtinchi o‘rinni egallaydi.
Litva Mudofaa vazirligi dronlar va uchuvchisiz uchoq tizimlarini xarid qilish, harbiy xizmatchilarni tungi ko‘rish moslamalari va lazer nishonlari bilan ta’minlash, shuningdek, Piorun ko‘chma zenit-raketa komplekslarini sotib olish va boshqa mudofaa loyihalarini amalga oshirish uchun qo‘shimcha mablag‘ ajratishni rejalashtirmoqda, deya tushuntirdi vazir.
Kashchyunas, shuningdek, hozirgi Litva hukumati ish boshlaganidan beri mudofaa xarajatlari 1,1 milliarddan 2,42 milliard yevroga ko‘payganini ta’kidladi, bu «armiyani modernizatsiya qilish jarayonida sezilarli muvaffaqiyatga erishish imkonini berdi».
Rossiya Federatsiyasi va Ukraina o‘rtasida 2,5 yildan beri davom etayotgan mojaro fonida NATO davlatlari mudofaa xarajatlarini oshirishga va 2024 yilda alyans tomonidan 2014 yilda o‘rnatilgan yalpi ichki mahsulotning kamida 2 foizini bunga sarflash maqsadini amalga oshirishga intilmoqda.
NATO bosh kotibi Yyens Stoltenbergning so‘zlariga ko‘ra, ittifoqchilar joriy yilda mudofaa xarajatlarini o‘rtacha 18 foizga oshiradi, bu esa o‘n yilliklardagi eng katta o‘sishdir.
Mavzuga oid
10:47 / 11.11.2024
Rossiya 145 ta dron bilan Ukrainaning yirik shaharlariga hujum qildi
10:38 / 11.11.2024
Toshkentda O‘zbekiston-Litva biznes-forumi o‘tkazildi
10:58 / 07.11.2024
Xitoyda 158 km magistral yo‘l dronlar yordamida qurildi
17:36 / 04.11.2024