O‘zbekiston Afg‘oniston bilan savdo aylanmasini 3 milliard dollarga yetkazmoqchi
Ikki mamlakat bosh vazirlari ishtirokidagi muzokaralar davomida O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasidagi o‘zaro savdo aylanmasini joriy yilda 1 milliard dollarga, yaqin istiqbolda esa 3 milliard dollarga yetkazish bo‘yicha barcha imkoniyatlar mavjudligi ta’kidlandi.
17 avgust kuni O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligidagi hukumat delegatsiyasi Afg‘onistonga tashrif buyurdi. Bosh vazir matbuot kotibining xabar berishicha, tashrif doirasida Kobulda Afg‘oniston bosh vaziri vazifasini bajaruvchi Abdul G‘ani Barodar, bosh vazirning ma’muriy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Abdus-Salom Hanafiy, bosh vazirning siyosiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Abdul Kabir va Tashqi ishlar vaziri Amir Xon Muttaqiy bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazilgan.
«Unda davlatlarimiz o‘rtasidagi aloqalar do‘stlik, hamkorlik va yaxshi qo‘shnichilik tamoyillariga asoslangani, O‘zbekiston Afg‘onistonga Markaziy Osiyoning uzviy va ajralmas qismi sifatida qarashi qayd etildi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Afg‘onistonda amaldagi hukumat bilan xalqaro muloqot o‘rnatilmasa, hech qanday ijobiy natijaga erishib bo‘lmasligini ta’kidlagan. Aynan Davlatimiz rahbarining tashabbuslari bilan 2022 yilda qabul qilingan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining maxsus rezolyutsiyasida Markaziy Osiyo va Janubiy Osiyo o‘rtasida aloqalarni o‘rnatishda Afg‘oniston alohida o‘rin tutishi e’tirof etilgan», – deyiladi rasmiy relizda.
Shu ma’noda, O‘zbekiston Afg‘oniston muvaqqat hukumati bilan konstruktiv va o‘zaro maqbul muloqotni yo‘lga qo‘ygan.
Uchrashuvda Afg‘oniston bilan savdo aloqalarini rivojlantirish, energetika sohasidagi samarali hamkorlik aloqalarini yangi bosqichga olib chiqish, mis, temir, neft-gaz konlarini birgalikda o‘zlashtirish loyihalarini amalga oshirish, shuningdek, transport-logistika, qishloq va suv xo‘jaligi, ta’lim, hududlararo munosabatlarni yanada chuqurlashtirish yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, o‘zaro savdo aylanmasini joriy yilda 1 milliard dollarga, yaqin istiqbolda esa 3 milliard dollarga yetkazish bo‘yicha barcha imkoniyatlar mavjudligi, buning uchun ishga solinmagan resurslarni o‘zaro manfaatli asosda amaliyotga tatbiq qilish lozimligi ta’kidlandi. Bunda ikki tomonlama investitsiyalarni himoya qilish hamda imtiyozli savdo to‘g‘risidagi bitimlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirishga katta turtki berishi ma’lum qilindi.
Ma’lum qilinishicha, «uchrashuv so‘nggida qator hujjatlar imzolangan», lekin qanday turdagi hujjatlar ekanligi ochiqlanmagan.
Mavzuga oid
08:11 / 19.12.2024
Abdulla Aripov Odilbek Qosimaliyevni Qirg‘iziston bosh vaziri etib tasdiqlangani bilan tabrikladi
18:20 / 18.12.2024
O‘zbekiston 2025 yilda ham Afg‘onistonga elektr energiyasini yetkazib beradi
07:09 / 14.12.2024
Abdulla Aripov YeOII hukumat rahbarlari kengashi majlisida qatnashdi
21:12 / 12.12.2024