Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Braziliya AQSh va Kanadaga o‘tishni reja qilgan ayrim osiyolik migrantlarning mamlakatga kirishini cheklaydi
Keyingi haftadan Braziliyaga kirish vizasi yo‘q sayyohlar samolyotdan tushmay safarini davom ettirishi yoki o‘z vataniga qaytib ketishi kerak bo‘ladi.

Foto: El Paso Matters
Braziliya AQSh va Kanadaga borish maqsadida mamlakatga kelayotgan ayrim Osiyo davlatlari fuqarolarining o‘z hududiga kirishini cheklashni boshlaydi. Bu haqda Braziliya Adliya vazirligi matbuot xizmatiga tayanib CNN xabar berdi.
Qayd etilishicha, 26 avgustdan boshlab kuchga kiradigan chora-tadbirlar Braziliyaga kirishi uchun viza talab qilinadigan osiyolik migrantlarga taalluqli.
Rasmiy hujjatlarga ko‘ra, federal politsiya tomonidan o‘tkazilgan tergovlar davomida migrantlar San-Paulu xalqaro aeroportida tushib qolib, shimol tomon safarlarini shu yerdan boshlayotgani ma’lum bo‘lgan. Aeroportdan boshpana so‘rab yo‘llanayotgan murojaatlarning 70 foizdan ortig‘i Hindiston, Nepal yoki Vetnam fuqarolariga tegishli.
Adliya vazirligiga ko‘ra, keyingi haftadan vizasi yo‘q sayyohlar samolyotdan tushmay safarini davom ettirishi yoki o‘z vataniga qaytib ketishi kerak bo‘ladi. Yangi tartib-qoidalar hozirda San-Paulu aeroportida qolayotgan 484 nafar migrantga ta’sir ko‘rsatmaydi.
Hujjatlarning birida qayd etilishicha, joriy yil boshidan 15 iyulga qadar Braziliya federal politsiyasiga boshpana so‘rab 9082 ta murojaat kelib tushgan — bu 2023 yil davomida qayd etilgan jami so‘rovlardan ikki barobarga ko‘p va oxirgi o‘n yillikdagi eng katta ko‘rsatkich.
Braziliya hukumatiga ko‘ra, 2021 yil sentabridan 2024 yil apreliga qadar mamlakat 11 ming 248 nafar Afg‘oniston fuqarosiga gumanitar viza bergan. Mamlakat prezidenti Luis Inatsiu Lula da Silva 2023 yil yanvarda, hokimiyatga kelganining ilk kunlaridayoq o‘z mamlakatini xavfsiz, tartibli va qonuniy migratsiya bo‘yicha Global shartnomaga qaytarishini ma’lum qilgandi.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Svet o‘chmagan kun yo‘q: Toshkent elektrsiz qiynalmoqda
O‘zbekiston | 23:59 / 25.07.2025
-
Qo‘riqxonada davom etayotgan yong‘in, «Ishdagi ishq» mojarosi, Navoiyni zaharlayotgan korxonalar – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:53 / 25.07.2025
-
Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi
O‘zbekiston | 23:49 / 25.07.2025
-
O‘zbekistonda pensiya miqdori qanday hisoblanadi? – muhim savollarga javoblar
O‘zbekiston | 23:34 / 25.07.2025
Mavzuga oid

22:28 / 15.07.2025
Braziliya prokuraturasi sobiq prezident Bolsonaruni davlat to‘ntarishiga urinishda aybladi

19:18 / 15.07.2025
Rossiyada migrantlarning xorijga pul o‘tkazmalarini cheklash taklif qilindi

22:05 / 13.07.2025
Ispaniyada migrantlar hujumi sabab tartibsizliklar boshlandi

20:48 / 13.07.2025