O‘zbekiston poytaxtidan Moskvaga uchgan «Aeroflot» aviakompaniyasining samolyoti texnik nosozlik tufayli aeroportga qaytdi. Bu haqda RBK xabar berdi.

«Moskvaning Sheremetyyevo aeroportiga yo‘l olgan SU1873 Toshkent – Moskva reysi [jo‘nash aeroportiga] qaytdi», deyiladi xabarda.

Toshkent aeroporti xodimining «RIA Novosti»ga ma’lum qilishicha, samolyot orqaga qaytib, yerga qo‘nishdan oldin, osmonda aylana parvoz qilib, yoqilg‘ini tugatgan.

Mutaxassislar samolyotni ko‘rikdan o‘tkazib, nosozlikni aniqlashga kirishgani ta’kidlanmoqda.