Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindistonda bolalarni boylarning to‘yida o‘g‘irlik qilishga o‘rgatadigan «maktablar» paydo bo‘ldi
Hindistonda bolalarni jinoyat olamiga tayyorlaydigan «O‘g‘rilar maktablari» xizmatidan foydalanish tobora ortib bormoqda, deb xabar beradi SCMP.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Madxya-Pradesh shtatidagi uchta — Kadiya, Gulkxedi va Xulkxedi qishloqlari bolalarni o‘g‘irlikka o‘rgatishi bilan nom qozongan. Ota-onalar 12-13 yoshli farzandlarini ushbu «O‘g‘rilar maktablari»ga yuboradi va bolalar bu yerda mahalliy jinoiy guruhlarga qo‘shilib, professional tayyorgarlikdan o‘tadi.
«O‘qituvchilar» — jinoiy to‘da a’zolari va tajribali jinoyatchilar. Bolalar bu yerda kissavurlik, odamlar gavjum joylarda sumkalarni tortib olish, politsiyadan qochish va kaltaklarga qarshi turishga o‘rganadi. Bolalar, shuningdek, qimor o‘yinlarini o‘ynash va alkogol mahsulotlarini sotishga ham o‘rgatiladi.
Ota-onalar o‘z farzandlarini bunday «maktablarga» o‘qitish uchun 2,4 ming dollardan 3,6 ming dollargacha pul to‘laydi. «O‘g‘rilar maktabi»da bir yil malaka oshirgan o‘smirlar badavlat insonlarning to‘ylarida qimmatbaho buyumlarini o‘zlashtirishni o‘rganib oladi.
Ma’lum qilinishicha, jinoiy bilimlar o‘smirlarga to‘lagan pulini 5-6 barobar qilib chiqarib olishga imkon beradi, ularning ota-onalari esa to‘daboshilardan yiliga 300 ming rupiyda (3,6 ming dollar) 500 ming rupiygacha pul olib turadi.
Hindiston politsiyasiga ko‘ra, shu kabi maktablarda o‘qigan 300 dan ortiq bola butun mamlakatdagi to‘ylarda yuz beradigan o‘g‘irliklarga aloqador. Masalan, 8 avgust kuni Jaypurda bo‘lgan hashamatli to‘yda o‘g‘rilar ichida 100 rupiy puli bo‘lgan 180 ming dollarlik sumkani olib qochgan. Ramkumar Baxagat ismli inspektorning aytishicha, jinoyatchilarning aksariyati voyaga yetmaganlar bo‘lgani uchun politsiya biror chora ko‘rishga qiynaladi.
Mavzuga oid
08:50 / 08.07.2026
2026–2027 yillarda eng tez o‘sadigan iqtisodiyotlar ma’lum qilindi
18:30 / 07.07.2026
Buxoroda hindistonlik talaba yurtdoshini o‘ldirdi
11:04 / 30.06.2026
O‘zbekistonda yashayotganiga 1 yildan oshgan har to‘rt nafar xorijlikdan biri – hindistonlik
18:39 / 16.06.2026