Miyasiga Neuralink chipi o‘rnatilgan birinchi inson operatsiyadan keyingi hayotini so‘zlab berdi
30 yoshli Noland Arboning aytishicha, hozirda u kuniga taxminan uch soat vaqtini fransuz va yapon tilini o‘rganishga sarflamoqda.

Foto: Instagram / Neuralink
Ilon Mask kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan Neuralink chipi miyasiga o‘rnatilgan birinchi inson — amerikalik 30 yoshli Noland Arbo X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasi orqali operatsiyadan keyingi hayotini so‘zlab berdi.
Nolanning yozishicha, kuniga to‘rt soat vaqtini implant bilan ishlashga sarflamoqda — u o‘z tanasidan foydalanishni, turli harakatlarni bajarishni o‘rganyapti.
«Men, shuningdek, yozma matnlar ustida ko‘p ishlayapman. Masalan, qo‘limda qalam ushlab turganimni tasavvur qilib, turli ramzlarni chizmoqdaman. Bundan tashqari, mendan keyin keladiganlarning moslashishini yengillashtirish maqsadida har kuni turli tajribalar o‘tkazyapman», — deb yozadi Arbo.
Shuningdek, Arbo imkon qadar ko‘proq rekordlarni yangilamoqchi ekanini bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda u «yana bir juft rekordni yangilash arafasida».
«Ayni vaqtda men kuniga taxminan uch soatdan sarflab fransuz va yapon tilini o‘rganyapman. Buning ustiga qachondir maktabga qaytishga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida matematikani noldan boshladim. O‘zim uchun qiziq bo‘lgan boshqa turli sohalarni o‘rganishga ham kuniga bir soatdan ortiq vaqt sarflamoqdaman», — deydi Arbo.
Noland hozirda yana yozishni boshlagan va o‘z qaydlarini e’lon qilish niyatida. U kelajakdagi orzulari bilan bo‘lishar ekan, «jamiyat uchun foydali inson» bo‘lishga harakat qilmoqchi ekanini aytdi.
Ilon Maskning Neuralink kompaniyasi 2024 yil mart oyida miyasiga chip o‘rnatilgan birinchi bemorni ko‘rsatgandi. Bemor 30 yoshli falaj Noland Arbo edi. Chip o‘rnatilgandan 100 kun o‘tgach bemorning miyasi implantni rad qila boshladi. Keyinroq kompaniya chip uchun dasturiy ta’minotni yangilash orqali muammoni hal qildi.
Tavsiya etamiz
Isroil–Eron urushining Markaziy Osiyo uchun geosiyosiy mezonlari qanday?
Jahon | 22:13 / 18.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JChda ko‘pchilikka notanish bo‘lgan 11 iste’dod. Kimlar turnir kashfiyoti bo‘lishi mumkin?
Sport | 20:34 / 18.06.2025
Yana yuzlab odam aldangan: Alfa va Baraka avtolizing sudidan reportaj
Jamiyat | 11:25 / 18.06.2025
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh elchixonasi: Ta’lim vizalariga talabgor o‘zbekistonliklarning ijtimoiy tarmoqdagi akkauntlari ochiq bo‘lishi kerak
Jahon | 15:04
-
TMK – O‘zbekistonni kritik minerallar global bozorida trendga chiqarmoqda
O‘zbekiston | 15:00
-
Yevropa bilan gaplashishni xohlamayotgan Eron, Putinning ajabtovur bayonotlari va Iordaniyaga kelgan F-22 eskadroni – kun dayjesti
Jahon | 14:58
-
Yaqin Sharqda urush olovi va Putinning bayonotlari - “Geosiyosat” haftaligi
Jahon | 14:47
Mavzuga oid

23:05 / 04.04.2025
Neuralink butun dunyo bo‘ylab yangi bemorlar qidirishni boshladi

18:47 / 31.03.2025
Neuralink ko‘zi ojiz insonga ko‘rish qobiliyatini qaytarishga yordam beruvchi chipini sinovdan o‘tkazadi

16:56 / 11.01.2025
Ilon Maskning Neuralink chipi uchinchi bemorga o‘rnatildi

20:28 / 18.09.2024