O‘zbekiston ilk bor yirik to‘qimachilik va moda sanoati tadbiriga mezbonlik qiladi
2024 yilning 8-10 sentabr kunlari Samarqandda dunyodagi ikkita yirik to‘qimachilik assotsiatsiyasining birinchi qo‘shma konferensiyasini “ITMF Annual Conference & IAF World Fashion Convention 2024” (xalqaro to‘qimachilik ishlab chiqaruvchilar Federatsiyasining yillik konferensiyasi va xalqaro kiyim ishlab chiqaruvchilar assotsiatsiyasining jahon moda konvensiyasi) o‘tkaziladi.

Foto: O‘zto‘qimachiliksanoat
“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Innovatsiya, hamkorlik va tartibga solish — to‘qimachilik sanoati va tekstil sohasini harakatlantiruvchi kuchlari” deb nomlangan tadbirda 500 dan ortiq soha mutaxassislari, yirik xalqaro to‘qimachilik kompaniyalari, brendlar, moliya institutlari va chakana savdo vakillari ishtirok etadi.
ITMF kengashining 7 sentabr kuni bo‘lib o‘tadigan yig‘ilishi konferensiyaga start beriladi. 8-10 sentabr kunlari rasmiy biznes dasturi doirasida konferensiya ishtirokchilari sanoatning eng dolzarb masalalari va muammolarini muhokama qiladilar: sun’iy intellektning ta’siri, ishlab chiqarishni raqamlashtirish, xalqaro tartibga solish, barqaror rivojlanish va ta’minot zanjirlarini optimallashtirish masalalari. Konferensiya ma’ruzachilari sifatida Amerika kiyim-kechak va poyabzal sanoati assotsiatsiyasi (AAFA) prezidenti Stiven Lamar, Yevropa kiyim-kechak va to‘qimachilik konfederatsiyasi (EURATEX) bosh direktori Dirk Vantigem, Inditex guruhining barqarorlik bo‘yicha direktori Feliks Poza Pena va Cotton Analytecs (AQSh), Indorama Corporation (Singapur) va boshqa kompaniyalar vakillari ishtirok etadi.
Tadbir g‘oliblarning e’lon qilinishi va TMF Awards va ITMF Start-ap Award mukofotlarini taqdirlash bilan yakunlanadi, ular 2024 yilda sanoatning eng ajoyib yutuqlari va innovatsiyalarini nishonlash uchun mo‘ljallangan.
“Samarqandda bunday miqyosdagi tadbir o‘tkazilayotgani O‘zbekistonning global to‘qimachilik ta’minoti zanjiridagi tobora ortib borayotgan rolini ta’kidlaydi. O‘zbek paxtasini ko‘p yillik boykot qilishdan so‘ng, tom ma’noda ikki yil ichida biz xalqaro hamkorlarimiz doirasini sezilarli darajada kengaytirib, oldinga katta qadam tashladik. 2023 yilda mamlakat to‘qimachilik sanoati 75 dan ortiq mamlakatlarga taxminan 3,5 milliard dollarlik mahsulot eksport qildi va 2026 yilga kelib biz eksport hajmini 6,5 milliard dollarga oshirishni rejalashtirmoqdamiz va kuchli xalqaro sheriklar bilan aloqalarni mustahkamlash ushbu maqsadga erishishda muhim rol o‘ynaydi”, - deydi “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi raisi v.b. Mirmuhsin Sultonov.
Konferensiyaga ro‘yxatdan o‘tish onlayn tarzda ochiq. Ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘ting, tadbir haqida qo‘shimcha ma’lumotni veb-saytda olishingiz mumkin: https://www.itmf-iaf-conference-2024-samarkand.org/.
ITF haqida: xalqaro to‘qimachilik ishlab chiqaruvchilari federatsiyasi (ITMF) bu — to‘qimachilik ishlab chiqaruvchilarining manfaatlarini himoya qiluvchi global savdo uyushmasi. ITMF butun dunyo bo‘ylab to‘qimachilik ishlab chiqaruvchilari o‘rtasida aloqa va hamkorlikni rivojlantiradi, sanoatning o‘sishi va barqaror rivojlanishiga yordam beradi.
IAF haqida: xalqaro kiyim-kechak ishlab chiqaruvchilar federatsiyasi (IAF) kiyim-kechak sanoatining yetakchi global assotsiatsiyasidir. IAF sanoatning asosiy muammolari va imkoniyatlarini hal qilish orqali xalqaro muloqot va hamkorlik orqali sanoatni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlaydi.
Reklama huquqi asosida
Tavsiya etamiz
Toshkentda endi avtomobilni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish mumkin
O‘zbekiston | 20:34 / 24.04.2025
Bojxonadagi cheklovlar: fuqaro bojni to‘lay olmasa, nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 22:43 / 23.04.2025
Londonda tinchlik muzokaralari barbod bo‘ldi
Jahon | 21:29 / 23.04.2025
Xitoy Oyda AES qurish rejasini tasdiqladi
Jahon | 17:06 / 23.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Vladimir, to‘xta» – Tramp Kiyevga zarbadan keyin Putinni tanqid qildi
Jahon | 09:01
-
O‘zbekistonni qizamiqdan xoli hudud maqomini tiklash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqildi
O‘zbekiston | 08:56
-
Qozog‘istonda Rossiya bilan urushga tayyorgarlik ko‘rilayotgani rad etildi
Jahon | 08:43
-
Rossiyada teraktni tayyorlayotgan «markaziy osiyoliklar» yo‘q qilingani xabar berildi
Jahon | 08:37
Mavzuga oid

21:58 / 18.03.2024
Uchta uyushma raislari o‘zgardi

10:00 / 10.01.2024
O‘zbekiston to‘qimachilik mahsulotlari Germaniyada namoyish qilinmoqda - Heimtextil 2024

07:33 / 08.04.2022
O‘zbekiston H&M, Zara va Falke kabi brendlar bilan hamkorlik bo‘yicha muzokaralar o‘tkazishni rejalashtirmoqda

10:40 / 09.11.2021