Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ozarboyjon va O‘zbekiston parom ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi
Loyihani moliyalashtirish hajmi 150 million AQSh dollarini tashkil etadi.

Illyustrativ foto
Ozarboyjon va O‘zbekiston hamkorlikda parom ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Trend.az xabar berdi.
Qayd qilinishicha, paromlar O‘zbekiston ehtiyojlari uchun beriladi. Loyihani moliyalashtirish hajmi 150 million AQSh dollarini tashkil etadi.
Ta’kidlanishicha, transport va tranzit sohasida ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha yana bir qator aniq chora-tadbirlar ishlab chiqilmoqda. Xususan, gap ombor infratuzilmasini birgalikda qurish, Transkaspiy yo‘nalishi bo‘ylab yuk tashishni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma korxona yaratish va boshqa loyihalar haqida ham bormoqda.
22 avgust kuni Toshkentda O‘zbekiston-Ozarboyjon biznes-forumi bo‘lib o‘tgan edi. Muzokaralar natijasida 2 milliard dollarlik loyihalar portfeli shakllantirildi.
Bundan tashqari, 23 avgust kuni prezident Ilhom Aliyevning Toshkentga tashrifi doirasida davlat rahbarlarining ikki mamlakat ishbilarmon doiralari vakillari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv yakunlari bo‘yicha umumiy qiymati 520 million dollarlik 7 ta loyiha ishga tushirilishi uchun tayyorlandi.
Mavzuga oid

21:18
Ozarboyjon va Armaniston tinchlik kelishuviga yaqinmi? Qanday ziddiyatlar va risklar bor?

00:59
Ozarboyjon MDH Ichki ishlar vazirlari kengashi yig‘ilishida qatnashmadi

20:26 / 11.08.2025
Boku va Yerevan o‘z chegaralarida uchinchi mamlakatlar kuchlarini joylashtirmaydigan bo‘ldi

19:53 / 11.08.2025