Qirg‘izistonlik yana bir deputatning Salim Abduvaliyev bilan aloqadorligi aniqlandi
U bilan profilaktik suhbat o‘tkazilib, uyushgan jinoiy guruh mafkurasidan voz kechish majburiyati olingani ta’kidlanmoqda.

Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasida Suzoq tumanida yashovchi fuqaro – qishloq fuqarolar yig‘inining sobiq deputati uyushgan jinoiy guruh bilan aloqasi borligi yuzasidan suhbat o‘tkazildi. Bu haqda Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasiga tayanib Kaktus.media xabar berdi.
Qayd qilinishicha, 1984 yilda tug‘ilgan U.Sh. bilan profilaktik suhbat o‘tkazilib, uyushgan jinoiy guruh mafkurasidan voz kechish majburiyati olingan. Avvalroq uning ijtimoiy tarmoqlarda o‘zbekistonlik kriminal avtoritet Salim Abduvaliyev bilan tushgan surati paydo bo‘lgan edi.
«Tushuntirish tadbirlaridan so‘ng U.Sh. jinoiy aloqadan voz kechdi va Qirg‘iziston Respublikasining rejalashtirilgan siyosiy yo‘nalishini qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi», deyiladi xabarda.
Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining qayd etishicha, U.Sh. avvallari Suzoq qishloq kengashi deputati bo‘lgan va 2023 yil dekabr oyida Suzoq qishloq hokimiyati binosiga yer bilan firibgarlikka aloqadorligi haqidagi dalillarni qismlarga ajratib yo‘q qilish maqsadida qasddan o‘t qo‘ygani uchun 100 ming qirg‘iz so‘mi miqdorida jarimaga tortilgan. Shu bilan birga, U.Sh., yonib ketgan binoni ta’mirlash uchun ajratilgan 6 million qirg‘iz so‘mi miqdoridagi zararni qoplagan.
Avvalroq, Qirg‘izistonda Jogorku Keneshning (parlament) sobiq deputati Nurg‘ozi Aydarov qidiruvga berilgan edi. U xalqaro uyushgan jinoiy guruh a’zolari hamda Salim Abduvaliyev faoliyatini moliyalashtirishda gumonlanmoqda.
Tavsiya etamiz
Muddat qo‘yuvchi Tramp: buning oxiri bormi?
Jahon | 22:09 / 24.04.2025
Toshkentda avtomobilni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun onlayn ariza berish mumkin bo‘ldi
O‘zbekiston | 20:34 / 24.04.2025
Stomatologiya poliklinikalari xususiylashtiriladi
O‘zbekiston | 10:56 / 24.04.2025
Bojxonadagi cheklovlar: fuqaro bojni to‘lay olmasa, nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 22:43 / 23.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiyada mushkul ahvolda qolgan O‘zbekiston fuqarolari vatanga qaytarildi
Jamiyat | 19:49
-
Tramp: Qrim Rossiya bilan qoladi va Zelenskiy buni biladi
Jahon | 19:46
-
Tanzila Norboyeva Turkiya Buyuk Millat Majlisi rahbari bilan uchrashdi
O‘zbekiston | 19:32
-
Qibrayda ichimlik suvi quvuri ustidan ariq tortilmoqda
Jamiyat | 19:20
Mavzuga oid

23:58 / 24.04.2025
Qirg‘izistonda RF armiyasiga yollash ishi bo‘yicha rossiyalik polittexnolog hibsga olindi

08:57 / 23.04.2025
Qirg‘izistonda Rossiya armiyasiga yollash bilan shug‘ullangan «Russkiy dom» xodimi hibsga olindi

20:04 / 18.04.2025
Sirdaryoda bir necha o‘g‘rilik sodir etgan jinoiy guruh qo‘lga olindi

20:30 / 17.04.2025