BYD Seagull O‘zbekistonda Xitoydagi narxidan 4300 dollar qimmat sotiladi
O‘zbekistonda xususiy tadbirkorlar tomonidan 14 300 dollardan boshlab taklif qilinayotgan BYD Seagull Flying rasmiy dilerda 16 400 dollardan sotiladi. Xususiy tadbirkorlardan farqli ravishda, BYD Uzbekistan kamida 2 yil davomida bojxona boji va utilizatsiya yig‘imi to‘lamasdan avtomobil olib kirish imtiyoziga ega. Bu modelning Xitoydagi narxi 12 100 dollardan boshlanadi.

Foto: Olx.uz
“O‘zavtosanoat” joriy yilning iyul oyida BYD Uzbekistan Factory xitoylik hamkorlari bilan yangi modellarni ishlab chiqarish bo‘yicha kelishuvga erishgani, bu modellar BYD Seagull va e2 bo‘lishi haqida ma’lum qilgandi.
6 sentabr kuni dilerlik tarmoqlari orqali sotiladigan, bir quvvatlashda 405 km masofa bosadigan BYD Seagull'ning Flying komlektatsiyasi narxi e’lon qilindi: 208 mln 300 ming so‘m (16 400 dollar). Bu – Xitoydagi narxlardan (85 800 yuan yoki 12 100 dollar) 4300 dollarga qimmat.
Bu modelning Flying komlektatsiyasi xususiy avtosalonlarda 14 300 dollardan 15 ming dollargacha taklif qilinyapti. Qo‘shni Qozog‘iston bozorida ham bu avtomobilni 14 500 dollar atrofida xarid qilish mumkin.
Xususiy avtosalonlar taklif qilayotgan narx Xitoydan avtomobilni olib kelish, QQS, qayta ishlash to‘lovi, sertifikatlash va bojxona to‘lovlari, shuningdek, tadbirkorlarning ko‘radigan foydasini ham o‘z ichiga oladi. Shunda ham avtomobilning bahosi rasmiy diler taklif qiladigan narxdan 2 ming dollarga arzon.
Eslatib o‘tamiz, BYD Uzbekistan kamida 2 yil davomida bojxona boji va utilizatsiya yig‘imi to‘lamasdan, bu rusumdagi elektromobillarni yaratiladigan ishlab chiqarish quvvatlarining 50 foizigacha, ammo yiliga 10 mingdan ko‘p bo‘lmagan miqdorda O‘zbekistonga olib kirishi mumkin.
Avvalroq, BYD Uzbekistan Factory bosh direktori Shafqatbek Alimov O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan BYD'lar chetdan olib kelinadiganlaridan arzon bo‘lishini aytib o‘tgandi.
Shundan keyin BYD E2 modelining rasmiy narxi 19 300 dollar yoki 242 mln so‘mdan boshlanishi ma’lum qilindi. Bu xususiy avtosalonlardagi narxdan 42 mln so‘mga qimmat.
Tavsiya etamiz
Xitoylik tadqiqotchilar Osiyoda yangi zilzilalar kuzatilishidan ogohlantirdi
Jahon | 21:46 / 06.04.2025
Kam ta’minlangan oilalarga elektr va gaz bo‘yicha kompensatsiya beriladi
O‘zbekiston | 14:32 / 06.04.2025
100 ming dollarlik “o‘yin”: Marg‘ilondagi bir jinoyat tafsiloti
Jamiyat | 17:21 / 05.04.2025
Markaziy bank kartadan pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan yangi talabga izoh berdi
Iqtisodiyot | 17:09 / 05.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Telegram Rossiyada 7 million rubl jarimaga tortildi
Jahon | 11:27
-
Audi AQShga avtomobil yetkazib berishni bojlar tufayli to‘xtatdi
Jahon | 11:15
-
Minglab isroilliklar hukumatga qarshi namoyishga chiqdi
Jahon | 11:14
-
Jahon iqtisodiyoti Trampning tariflarini «hazm qilmoqda»: investorlar vahimasi, neft narxi qulashi hamda Xitoy bilan katta savdo urushi arafasi
Iqtisodiyot | 11:08
Mavzuga oid

22:59 / 05.04.2025
Yevropa bilan sheriklik, bekor qilingan xususiylashtirish va Leapmotor'ga taqiq - hafta dayjesti

18:02 / 05.04.2025
“Shu ketish bo‘lsa, soha o‘ladi” - avtomobil importchisi va avtodeklarant bilan suhbat

09:52 / 05.04.2025
Toshkentda beton to‘siqqa urilgan BYD yonib ketdi

14:18 / 04.04.2025